Rossiyadan qaytgan fuqaroda taqiqlangan diniy materiallar aniqlandi
Fuqaro oʻzining “Xiaomi” va “Samsung” smartfonlari xotirasida norasmiy diniy tashkilotlarga taalluqli boʻlgan materiallarni saqlagan.
Toshkent aeroportida taqiqlangan diniy materiallarni tarqatgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi xabar berdi.
Organ xodimlari Sankt-Peterburg-Toshkent yoʻnalishidagi aviareys bilan uchib kelgan 21 yoshli Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida roʻyxatda turuvchi X.F. bilan profilaktik suhbat oʻtkazgan.
Suhbat natijasida u Rossiyada ishlashi davomida terrorchilik tashkiloti yollovchilarining taʼsiriga tushib, ularning gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlashi aniqlangan. U oʻzining “Xiaomi” va “Samsung” smartfonlari xotirasida norasmiy diniy tashkilotlarga taalluqli boʻlgan materiallarni saqlagan. Bundan tashqari, ularni yaqin tanishlariga ijtimoiy tarmoqlari orqali tarqatib kelgan, deb xabar beradi IIV Transportda xavfsizlikni taʼminlash bosh boshqarmasi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi
“Afrosiyob” tezyurar poyezdiga tosh otgan bezori aniqlandi
"Boshliq xo`roz"
“Brilliant qoʻlli” yoʻlovchi hibsga olindi
Telegram Google Playdan oʻchirib yuborilishi mumkin
14 yoshli qizaloqning nomusiga tekkan shaxslar bilan bogʻliq holat boʻyicha munosabat
Izohlar (0)