Noqonuniy “hujralar” faoliyatiga chek qoʻyildi

Mаʼlum qilinishicha, shu yilning 3-may kuni Sirdaryo viloyat IIB va DXX xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Guliston shahrida yashovchi, 1981-yilda tugʻilgan B.N. va uning ovsini 1984-yilda tugʻilgan I.M hech qanday rasmiy diniy maʼlumotga ega boʻlmasdan turib, 9 nafar voyaga yetmagan maktab oʻquvchilari va 6 nafar ayol-qizlarga “hujra” sifatida noqonuniy diniy taʼlimdan dars berib kelayotganligi aniqlangan.
Mazkur voyaga yetmagan oʻrta maktab oʻquvchilari pandemiya sababli onlayn tarzga oʻtkazilgan darslarga ishtirok etmasdan, muntazam ravishda yashirin “hujra”da diniy saboq olib kelganlar.
Taʼkidlanishicha, ushbu “hujra”da taʼlim bergan I.M ning uyali telefon apparati mutaxassis va xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning xotirasida nomaʼlum shaxslarning diniy maʼruzalari mavjudligi aniqlanib, dinshunoslik ekspertizadan oʻtkazish uchun rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan, ichki ishlar organlari tomonidan mavjud qonunchilik doirasida tegishli choralar koʻrish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Rossiyadan qaytgan fuqaroda taqiqlangan diniy materiallar aniqlandi

Namanganda masjidni tunamoqchi boʻlgan uddaburon oʻgʻri qoʻlga tushdi

Giyohfurushlar qoʻlga olindi

Qashqadaryoda farzandlarini o‘ldirish bilan tahdid qilgan otaga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi

Bola uchun 3000 dollar yoxud bolasini pullayotgan ona
Izohlar (0)