Mijoz ayollarga massaj taklif etgan haydovchiga hukm o’qildi
Toshkent shahrida ayollarga massaj taklif qilgan taksi haydovchisiga 22 sentyabr kuni sud hukmi o’qildi.
Ma’lum qilinishicha, bir nechta ayollar “Nemolchi.uz”ga “Yandex.Тaxi” haydovchisi ularga massaj taklif qilgani bo`yicha murojaat qilgan. Jabrlanganlardan birining aytishicha, haydovchi o`zini massaj-terapevt ekanini aytgan va 50 ming so`m evaziga o’z xizmatini taklif qilgan. Shundan so’ng yo’lovchi yonida ortiqcha pul yo’qligini ma’lum qilgan. Lekin haydovchi tekinga ham massaj qilaverishini aytib, ayolga tegajog’lik qilgan.
«Men ham bu haydovchiga duch keldim. U menga ham massaj qilishi mumkinligini aytdi. Keyin esa mening orqamga tegina boshladi. Men telefonimni olib u bilan suhbatni davom ettirmaslik uchun hammaga qo’ng’iroq qila boshladim», — degan boshqa yana bir ayol.
Ma’lum bo`lishicha, 17 sentyabr kuni ikki nafar jabrlanuvchi — E.M. va T.Yu. Mirobod tumani IIO FMBga “Matiz” haydovchisi J.T. ustidan ariza yozgan. Uchinchi qiz — M.S. ham yaqin orada ariza yozishga tayyorligini bildirgan. Shundan so’ng mazkur holat bo’yicha tergov oldi tekshiruvlari boshlangan.
Ta’kidlanishicha, haydovchining shaxsi aniqlangan va uning ishi yuzasidan 22 sentyabr kuni sud jarayoni bo’lib o’tgan. Sud qaroriga ko’ra, erkak aybdor deb topilib, besh kunlik ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilingan. “Yandex.Тaxi” xizmati esa uning akkauntini 3 yilga bloklab qo`ygan.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Haydovchi IIB YHXB xodimiga pora taklif qildi
YPX inspektoriga qo’l ko’targan haydovchiga chora ko’rilmoqda
Maktab oʻquvchisi pichoq bilan taksi haydovchisiga hujum qildi
“GAI”larning kuni piyodalarga qolganini iddao qilgan bloger qayerga yo’qolib qoldi
Angela Merkel Baydenni Germaniyaga taklif qildi
Pora taklif qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Izohlar (0)