Qizlarni Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo’lgan ayolga Navoiyda hukm o’qildi

Ma’lum qilinishicha, “Go’zal” joriy yilning 22 mart kuni Navoiy shahrida joylashgan “Shuhrat” kafesida D.N. bilan tanishib, unga Turkiya davlatida fohishalik qilish yo’li bilan daromad topishni taklif qilgan. Keyin uning suratlarini Тelegram tarmog`i orqali Turkiya davlatidagi tanishlariga tashab bergan.
D.N. bilan o’zaro kelishuvga erishgan “Go’zal” 2021 yil 11-aprelda uni Andijon viloyatidagi O’zbekiston va Qirg’iziston chegara punkti orqali Turkiyaga olib chiqib ketayotganida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.
Navoiy shahar sudining hukmiga ko’ra, “Go’zal” ga 5 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

“Zulfiya” mukofoti sohibasi 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi

“Tolibon”ning Turkiyaga tahdidi

Samarqandda 29 yoshli juvonni fohishalikka Tailandga jo’natmoqchi bo’lgan ayol ushlandi

Yana bir bor imkon

Terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi

Mijoz ayollarga massaj taklif etgan haydovchiga hukm o’qildi
Izohlar (0)