Shavkat Mirziyoyev ushbu haftada Turkiyaga boradi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida o‘tkaziladigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun 11-12 noyabr kunlari Turkiya Respublikasida tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv kun tartibidan Kengash doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, «yashil» iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari ham ko‘rib chiqiladi.
Sammit yakunida hamkorlik samaradorligini oshirish va ustuvor yo‘nalishlarda ko‘p tomonlama sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Davlatimiz rahbari tashrifi dasturida Istanbul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yilda ushbu tuzilmaga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida tuzilgan.
Bugungi kunda Kengashga O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zo. Mamlakatimiz tashkilotga 2019 yilda qo‘shildi. Vengriya Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomiga ega.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
O’zbekistonga Gurbanguli Berdimuhammedov tashrifi kutilmoqda
Navoiyda zamonaviy maʼnaviyat va maʼrifat maskani barpo etiladi
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
O’zLiDeP prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyev nomzodini tavsiya qildi
"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA
Prezident tashrifi ziyoratdan boshlandi
Izohlar (0)