Qalam haqi ololmagan xorijlik tarjimon
Amerikalik madaniyatshunos Mark Eduard Riz Twitter orqali prezidentga murojaat yoʻllab, bir nechta postlar yozdi.
“Bu tvitni yozishim uchun 5 oy ketdi, media eʼtiborini sizga xizmat qiluvchi odamlarga qaratishdan tiyilib keldim. 5 oy avval siz ”Oʻtkan kunlar“ romanining ingliz tilidagi kitobidan Oʻzbekistonning chet eldagi elchixonalari 1000 nusxadan sotib olinishini aytib, taqdirlagan edingiz. Bu juda ham zoʻr ish boʻlgan edi, lekin Toshkentdan joʻnab ketishimdan bir kun avval hukumat azolaridan biri, Abdulla Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy bilan bogʻlanib, Prezident Mirziyoyev bilan 7 daqiqacha suhbatda boʻlishini va prezident Markning tashrifi davomida gonorar sifatida qancha pul berganimizni bilmoqchi, Markga pul bermadik, u bizni kechira oladimi”, deb aytdi“, deydi Yozuvchilar uyushmasining vakili.
Shundan soʻng oʻsha xodim doʻstimga tahdid ham qilgan, men bu vaziyatdan hayratga tushdim. Undan bir kun avval Xayriddin Sultonov (uni oʻz kasbining ustasi, deb hisoblayman) bilan uchrashib, oʻz taklifimni bergan edim. Tepadagi rahbarlarning tashabbuslari korrupsiyalashgan oʻrtadagi amaldorlar sabab puchga chiqariladi”, deb yozadi muallif.
"AQSHga qaytganimdan soʻng Yozuvchilar uyushmasi va davlat tilini rivojlantirish departamenti xodimlari bilan Zoom orqali suhbatlashdik, ular men tarjima qilgan 1000 nusxa kitob sotib olishni aytishdi. Shuningdek, yiliga 20 ming dollar evaziga Navoiy universitetidan ish taklif qilishdi. Suhbatda doʻstimga tahdid qilgan va “pul bermaymiz, kechir” degan oʻsha yozuvchilar uyushmasining xodimi ham bor edi.
Oʻzbekistondagi baʼzi nohalol insonlarni deb qolganlarni ham shunday deyolmayman. Lekin bir-ikki kishi sizning islohotlaringizga putur yetkazishi mumkin. Menga Toshkentda yashash qulay emas, chunki sizni (Prezidentni) aldashga va doʻstimga tahdid qilganlar qoʻliga oʻz xavfsizligimni topshira olmayman. Men soʻnggi 3 yil davomida onlayn darslar oʻtdim, oʻnlab leksiyalar qildim, lekin hamma xarajatlar oʻz choʻntagimdan ketdi. Mening mehnatlarimning sababi oʻzbek xalqi va sizning (Prezident) qoʻllab-quvvatlashingiz edi. Lekin islohotlaringiz muvaffaqiyatsizlikka duch kelmaydi. Chunki hukumatingizda islohotlarni amalga oshirishda koʻmakchi boʻla oladigan insonlar ham bor. Buning uchun ularga imkon berish kerak. Men “Tviter”ni yoqtirmayman. Mening bu akkauntni tashkil qilishimning sababi Oʻzbek adabiyoti va madaniyatini targʻib qilish xolos edi", deb yozadi tarjimon.
Eslatib oʻtamiz, amerikalik madaniyatshunos Mark Eduard Riz 2019-yilda Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar”romanini ingliz tiliga tarjima qilib, “Bygone days” nomi bilan kitob dunyo kitibxonlari eʼtiboriga havola qilgan edi. Tarjima uchun romanning 1926-yil bosilgan birinchi va qisqartirilmagan nashri tanlangan. Tarjima ishlari 15 yil (2004-2019-yillar) davom etgan.
Joriy yilning 27-aprel kuni esa Adiblar xiyobonida – Abdulla Qodiriy haykali yonida oʻtkazilgan kitob taqdimotida tarjimon Mark Riz ham qatnashadi. Shundan soʻng tarjimon Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi faxriy aʼzosi sifatida qabul qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)