Jinoiy javobgarlikka tortish yoshi o‘zgardi

2021 yil 7 dekabrda «Bola huquqlarining kafolatlarini ta’minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun imzolandi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, 13 yoshga to‘lgan shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi bekor qilindi. Shunga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortish 14 yoshdan boshlanadi.
Shuningdek, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilganda og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilandi.
Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda pedagog bilan bir qatorda psixolog ham qatnashadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

SOLIQ IMTIYOZLARI FAROVONLIK UCHUN XIZMAT QILADI

Mast talonchi ushlandi

OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi

Imom-xatib javobgarlikka tortildi

Davlat ramzi tovar belgisi emas! E’tiborli bo’laylik

Buxoroda 10 dan ortiq erkakka qasddan tanosil kassaligini yuqtirgan ayol aniqlandi
Izohlar (0)