Mega-loyihaga start berildi. Pudratchi tanish kompaniya
Surxondaryo viloyati aholisini toza ichimlik suvi bilan taminlaydigan yirik loyihaga start berildi. Viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qilishicha, Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari O.Ramatov, Surxondaryo viloyati hokimi T.Bobolov, senator (“Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi) A.Sanginov Sariosiyo tumanida boʻlib, qurilish ishlarini boshlab berdi.
Qariyb 138 mln dollarlik mega-loyihaga koʻra, “Toʻpalang” suv omborining quyi qismida bosimni soʻndirish, suvni tozalash va tarqatish inshootlari quriladi. U yerdan tumanlardagi suv taqsimlash uzellarigacha jami 361 kilometr quvur tortiladi.
Natijada Sariosiyo, Denov, Shoʻrchi, Qumqoʻrgʻon, Jarqoʻrgʻon, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Angor, Muzrabot, Termiz tumanlari va Termiz shahridagi 1 million 700 ming aholining suv taʼminoti yaxshilanadi.
Darvoqe, loyiha mahalliy “Toʼpalang HPD Platinum” korxonasi tomonidan 2021-2023-yillar davomida bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
Ochiq maʼlumotlarga koʻra, “Toʼpalang HPD Platinum” MCHJning yagona taʼsischisi “Toʻpalang HPD Holding” MCHJ (keyingi oʻrinlarda Holding) hisoblanadi. Mazkur MCHJ ulushining katta qismi — 61,70% qismi Abdurahmonov Islom Abdugʻaniyevichga tegishli. U, bizdagi maʼlumotlarga koʻra, “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi, senator Sanginov Abdugʻani Abdurahmonovichga yaqin qarindosh boʻladi.
Xabarda mazkur loyihani bajaruvchi tender yoki boshqa tartibda tanlab olingani haqida maʼlumot keltirilmagan.
Eslatib oʻtamiz, shu yilning 10-may kuni Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida “Sardoba” suv omboridagi ofat boʻyicha oʻqilgan sud hukmida Holding tarkibiga kiruvchi “Toʻpalang HDP Irrigation Systems” MCHJ rahbari lavozimida ishlagan B. Asadovga oʻtash uchun uzil-kesil 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish va bazaviy hisoblash miqdorining 600 baravari miqdorida 133 800 000 soʻm jarima jazolari tayinlangan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Tezlikni oshirgan “Tico” haydovchisi 4 yoshli qizaloqning o’limiga sabab bo’ldi
O’zbekiston va Afg’oniston harbiy samolyotlari to’qnashib ketdi
Turkmaniston prezidenti oʻgʻlini Bosh vazir oʻrinbosari etib tayinladi
9 ming xonadonda gaz oʻchiriladi
Profilaktika inspektori yordamchilari fuqaroni urib o’ldirib qo’yishdi
Yarim milliard so’mni o’g’irlagan rahbarga jinoyat ishi qo’zg’atildi
Izohlar (0)