Shoir Bobur Bobomurod “Farhod va Shirin”ni sudga berdi

Qayd etilishicha, murojaatda keltirilgan holatlarni o‘rganish jarayonida fuqarolar S.F. hamda Z.Sh. tomonidan muallif B.Bobomurodovga tegishli bo‘lgan «Qalbim bahori», «Hayot» nomli she’riy asarlarni muallif bilan hech qanday shartnoma tuzilmasdan huquq egasining ruxsatisiz barchaning e’tiboriga yetkazilganligi va omma oldida ijro etilganligi aniqlangan.
Bundan tashqari, Agentlik tomonidan B.Bobomurodov tomonidan taqdim etigan hujjatlarni o‘rganish natijasida yuqorida keltirilgan fuqarolar tomonidan o‘z xonandalik faoliyatida foydalanilayotgan «FARHOD va ShIRIN» iborasi B.Bobomurodovga tegishli bo‘lgan MGU 43187-son «FARHOD va ShIRIN» tovar belgisi bilan o‘xshashligi aniqlangan.
Shunga asosan, fuqaro S.F. hamda Z.Sh.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177-moddasining birinchi qismida va 1771-moddasining birinchi qismida belgilangan asardan qonunga xilof ravishda foydalanish holati hamda huquq egasiga tegishli bo‘lgan tovar belgisidan o‘z xonandalik faoliyatida foydalanayotganligi sababli Agentlik tomonidan holat bo‘yicha ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Mualliflik huquqi

Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirildi

Intellektual mulk obye’ktlarini himoya qilinishi

YPX inspektoriga qo’l ko’targan haydovchiga chora ko’rilmoqda

Keniyalik “Farhod” va andijonlik Shirinning farzandiga guvohnoma berildi

Hisobsiz foydalanilgach...
Izohlar (0)