Koronavirusning yangi alomati

“Shilliq qavatning shikastlanishi, konyunktivit boʻlishi mumkin. Va buning fonida koʻzlar yiringlaydi. Ammo bu kamdan-kam hollarda boʻladi. Chunki yiring keng yalligʻlanish fonida bakterial flora qoʻshilishidan dalolat beradi”, deydi shifokor.
Rus immunolog-allergologi Vladimir Bolibok, oʻz navbatida, ayrim odamlarda koronavirusning organizmga taʼsiri tufayli koʻz kasalliklari paydo boʻlishi mumkinligini taʼkidladi. Uning aytishicha, bu alomat kamdan-kam uchraydi.
Bolibokning soʻzlariga koʻra, uni anʼanaviy yalligʻlanishga qarshi dorilar bilan davolash mumkin.
Avvalroq Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari koronavirusning yangi “Omikron” shtammi bilan kasallanish alomatlari nafas qisilishi, charchoq, shuningdek, diareya yoki qusish boʻlishi mumkinligini aytishgandi. Bu belgilarning barchasi odatda yuqori isitma, doimiy yoʻtal, hid yoki taʼmning yoʻqolishi yoki oʻzgarishi bilan birga keladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi

“Britan shtammi” 70, “Janubiy Afrika shtammi” 31 mamlakatga yetib bordi

AQSHda koronavirusning butunlay yangi turi — CAL20C aniqlandi

Koronavirusning yangi belgilari aniqlandi

Tadqiqot xulosasi: Buster doza bilan emlanganlar “omikron”ni “yengish” uchun yetarli antitanachalarga ega boʻladi

Koronavirusning “Omicron” shtammi O’zbekiston chegarasigacha yetib keldi
Izohlar (0)