Mahallalarda yoshlar yetakchilari ish boshlaydi
Yoshlar ishlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va boʻlimlari tuzilmalarida mahalla va taʼlim muassasalarida yoshlar bilan ishlash boʻlinmalari tashkil etiladi. Prezident qarori bilan mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari belgilandi:
— “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni “Yoshlar daftari” va “Yoshlar portali” elektron platformalariga kiritib borish, ular bilan samarali ish tashkil qilish;
— mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, milliy xalq oʻyinlari va sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, Besh muhim tashabbus loyihalari, yoshlar festivallari va boshqa madaniy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish;
— yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish;
— yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlash;
— huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi boʻlgan yoshlar bilan tizimli ishlash, jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan yoshlarning ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilinishi va moslashuviga koʻmaklashish.
Mahalladagi Yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzodlar tumanlar (shaharlar) hokimlari boshchiligidagi tanlov komissiyalarini shakllantirish orqali ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi. Prezident qaroriga muvofiq mahallalardagi Yoshlar yetakchilarining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda belgilanadi:
— xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida;
— xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida;
— xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida.
Mahalladagi Yoshlar yetakchisi har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat boʻyicha eng ilgʻor 100 nafar Yetakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi. aoliyatini samarali tashkil etayotgan, oʻzining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna boʻlayotgan va ularga yetakchilik qilayotgan mahalladagi Yoshlar yetakchisi “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, faoliyat samaradorligi koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, Yetakchilar har chorak yakuni boʻyicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlanadi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan mahalladagi Yoshlar yetakchisi ish faoliyati natijalariga koʻra Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi, bunda ushbu Yetakchilar tanlovsiz toʻgʻridan-toʻgʻri yuqori lavozimlarga oʻtkazilishi mumkin. Mahalladagi Yoshlar yetakchisi sifatida ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi. Yetakchi sifatidagi ish staji navbatdagi harbiy va maxsus unvonlar olishda hisobga olinadi, shuningdek, ularga oldingi ish joyiga qaytganida qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq kadrlarning amaldagi zaxirasini shakllantirish vakolatiga ega boʻlgan vazirlik va idoralar mahallada Yoshlar yetakchisi sifatida ishga qabul qilingan xodimlarini kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritib safarbar qiladi.
Boshqa hududlardan kelib oʻz faoliyatini olib borayotgan mahalladagi Yoshlar yetakchisi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha boʻlgan miqdorda turar joy ijara toʻlovi qoplab beriladi.
— yil yakuni boʻyicha oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF–33-son Farmoniga muvofiq belgilanadigan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori boʻlmagan miqdorda subsidiya beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)