Prokuror qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati prokuraturasi bo‘lim katta prokurori A.T. mansab vakolati doirasiga kirmasada, fuqaro A.X.dan unga tegishli bo‘lgan go‘sht do‘koni orqa tomonida joylashgan 1,5 sotix yer maydonini, go‘yoki kadastr xodimlari yordamida uning nomiga rasmiylashtirish evaziga 1000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.
Shu kuni mazkur holat yuzasidan Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Buxoroda 14 ming dollar evaziga yer sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi

Samarqand IIB xodimiga 5 ming AQSH dollar pora bermoqchi bo’lgan shaxs ushlandi

Firibgar ushlandi

Yerni sotmoqchi bo’lgan firibgar ushlandi

Yer maydonlari olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haydovchi IIB YHXB xodimiga pora taklif qildi
Izohlar (0)