Buxoroda 14 ming dollar evaziga yer sotishga uringan shaxs qoʻlga olindi

Taʼkidlanishicha, Shofirkon tumanilik fuqaro N.X. avvaldan tanishi boʻlgan X.R.ga Buxoro shahar hokimligi zaxirasida boʻlgan 16 sotix yer maydonini 14000 AQSH dollariga sotishga kelishgan. N.X. fuqaro X.R.dan yer maydoni uchun hujjatlashtirish ishlarini amalga oshirishi uchun oldindan 3000 dollar berishini talab qilgan. Eski tanishining hatti-harakatlaridan shubhalangan X.R. holat yuzasidan huquq-tartibot idoralariga bildirishga majbur boʻlgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shofirkon tuman boʻlimi tomonidan viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida N.X. “kelishuvdagi” ushbu pullarni ukasi orqali olgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Issiqxona qurish uchun ajratilgan yerni bir qismini sotmoqchi bo’lgan shaxs aniqlandi

Qarshi tumanidagi hokimiyat zaxirasida turgan boʻsh yerni sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

9 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Yoqilgʻini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Aviachipta firibgarlari

Yerni sotmoqchi bo’lgan firibgar ushlandi
Izohlar (0)