Samarqand IIB xodimiga 5 ming AQSH dollar pora bermoqchi bo’lgan shaxs ushlandi
2021-yil 30-iyul kuni Samarqand viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan Tayloq tumani markazida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, 1990-yilda tugʻilgan, Samarqand shahar “Imom Vose” mahallasida yashovchi X.D. chet davlatga ketishi va aviachipta olishi uchun kerak boʻladigan “COVID-19” virusi mavjud emasligi toʻgʻrisidagi test tahlilini sohtalashtirgan holda 180.000 soʻmga sotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlanib, rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borish jarayonida fuqaro X.D. ning ukasi holatni rasmiylashtirmaslik va ishni ijobiy tomonga hal qilib berish evaziga tezkor xodimga 5 ming AQSH dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida taklif qilgan.
Xodim IIO xodimiga pul taklif qilish, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, javobgarlikka tortilishiga sabab boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantirishiga qaramay, fuqaro keyin kelib uchrashishini aytib chiqib ketgan. Xodim holat yuzasidan Boshqarma boshligʻiga bildirgi bilan murojaat qilgan.
Bildirgiga asosan, 2021-yil 31-iyul kuni IIV Oʻz xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati boʻyicha boʻlimi hamda Samarqand shahar prokuraturasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilib, fuqaro I.X. tezkor xodimga 5 ming AQSH dollarini pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat boʻyicha Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)