Fozilxo‘ja Arifxodjayev qamaldi
Toshkent shahar sudlari telegram-kanali xabar berishicha, 2022-yil 26-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudida sudlanuvchi F.Arifxodjayev (1980-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudi sudyasi Z.Nuriddinov raisligida ko‘rib chiqilgan.
E’lon qilingan sud hukmiga ko‘ra, F.Arifxodjayev Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Mazkur hukmdan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, sudlanuvchi tomonidan esa unga hukmning nusxasi topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida shu sud orqali Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyasiya tartibida shikoyat berishlari yoki prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin, deyiladi xabarda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)