DXX: “Islom Davlati” terroristik tashkiloti a’zosi Oʻzbekistonga olib kelindi

Natijada, 2015-yilning sentabr oyida ota-bola oʻzlarining shaxsini oshkor qilmaslik maqsadida Tojikiston Respublikasining soxta pasportini rasmiylashtirib, Turkiya orqali Suriya davlatiga borishadi hamda «Islom Davlati» xalqaro terroristik tashkiloti a’zolari safiga qoʻshilib, jangovor harakatlarda ishtirok etishadi.
Keyinroq “D.U.” Suriyadan MDH davlatlaridan biriga qoʻporuvchilik harakatlarini amalga oshirish maqsadida qaytib keladi. DXX xodimlarining xorijiy hamkorlar bilan birgalikda olib borgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida “D.U.” ushlanib, Oʻzbekistonga olib kelindi.
Ta’kidlash lozimki, qoʻlga olish vaqtida “D.U.” faol qarshilik koʻrsatgan boʻlsa, keyingi jarayonlarda u oʻzining “jihod” qilish borasidagi qarashlaridan voz kechmaganligini bildirgan.
Hozirda “D.U.”ga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, “D.U.”ning oʻgʻliga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Terrorchilarni moliyalashtirishda gumon qilingan 14 kishini hibsga olindi

Chinozda “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimining yashirin guruhi aniqlandi

Toshkentda terrorchilik tashkilotining bir guruh a’zolari qoʻlga olindi

Rossiyadan Oʻzbekistonga maxsus poyezd reyslari yoʻlga qoʻyilmoqda

Rossiyada sovuqda qolib ketgan fuqarolar Vatanga qaytarildi

Terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi
Izohlar (0)