Noqonuniy daraxt kesish holatlari haqida xabar berganlar bugundan mukofotlanadi

Tegishli hujjatga koʻra, aholi tomonidan yuborilgan daraxtlar, butalar, boshqa oʻsimliklar va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yoʻq qilish yoki boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish boʻyicha huquqbuzarliklar haqidagi surat va videolar — maxsus avtomatlashtirilgan texnika vositalari orqali qayd etilgan fotosurat va videoyozuvlarga tenglashtiriladi. U Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Huquqbuzarlik tegishli organlar tomonidan bevosita aniqlangandan soʻng kelib tushgan xabarlar boʻyicha ragʻbatlantirish amalga oshirilmaydi.
Ragʻbatlantirish huquqbuzarlik boʻyicha birinchi xabar bergan shaxsga nisbatan qoʻllaniladi.
Huquqbuzarlik holati boʻyicha fotosurat, videoyozuv va xabarlarni taqdim etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ragʻbatlantirish mablagʻlari undiriladigan jarimalarning tegishli organlar hisobida qoldiriladigan qismidan qoplab beriladi.
Tegishli hujjatga muvofiq, huquqbuzarlik holatlari toʻgʻrisidagi xabarlar “102” tezkor qisqa raqami yoki «Ekonazorat» axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Noqonuniy daraxt kesish holatini aniqlaganlarga pul toʻlanadi

“E-maʻmuriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi

Biznes ombdusman vakolatlari kengaytirilmoqda

Oʻzbekistonda ekologiya politsiyasi tashkil etiladi

Oʻzbekistonda ekologiya politsiyasi tashkil etiladi

Kesilgan daraxtlar bo’yicha jinoiy ish qo’zg’atildi
Izohlar (0)