OLXdan "ovlangan" pullar
J.D. kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib, “OLX.УЗ” saytiga kirib, buyum sotib olish maqsadida emas, kimnidir “ovlash” uchun reja tuzadi. Mazkur saytga o`ziga tegishli televizorni sotish maqsadida elon bergan Navoiy shahar, Guliston-3 massivida yashovchi M.J.ning telefon raqamini olib, ushbu telefon raqami orqali unga bog`lanadi. J.D. telefon orqali telivizorni sotib olmoqchiligini, pullarni plastik kartasi orqali ko`chirib berishni aytib, uning ishonchiga kiradi. M.J.ning telefon raqamini “clik” mobil ilovasiga kiritib, maxfiy kodlarni qo`lga kiritadi. Natijada M.J.ning telefon raqamiga ulangan plastik karta qo`lga kiritadi va plastik kartadan jami 7.700.000 so`m miqdoridagi pullarni yechib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
J.D.ning hech kim bilmaydi, deya amalga oshirgan firibgarligi fosh bo`ladi.
Hozirda JD.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
S. TEShAEV,
Navoiy shahar IIB 3-sonli IIB JQG tezkor xodimi, katta leytenant.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)