Koronavirusning “kentavr” variantiga xos yana bir noodatiy belgi maʼlum boʻldi
“Omikron” shtammining VA 2.75 subvariantiga “kentavr” deb nom berilganidan xabaringiz bor. Hindiston olimlari oʻtkazgan tadqiqotda uning genomida 16 ta mutatsiya mavjudligi aniqlangan.
Bu, koronavirusning mazkur turi tana himoya mexanizmlariga oson “chap berish” xususiyatiga ega ekanligini anglatadi. Qolaversa, “omikron”ning avvalgi versiyalariga nisbatan yuqumlilik darajasi 16 foiz yuqori.
Shifokorlar xulosasiga koʻra, ayni paytga kelib “kentavr” yangi alomatlar bilan namoyon boʻla boshlagan. Yaʼni bu mutatsiyani yuqtirganlarda SOVID-19ga xos odatiy belgilar kamdan kam hollarda kuzatilyapti.
Masalan, VA 2.75 bilan kasallanganlar asosan tana, mushaklar hamda bel va bosh ogʻrigʻidan shikoyat qilayotgani avvalroq maʼlum boʻlgandi. Endi bu simptomlar qatoriga koʻz sohasi bilan bogʻliq belgilar ham qoʻshildi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, hozir “kentavr” mutatsiyasi aniqlangan baʼzi bemorlar yorugʻ muhitda koʻzlarini ochishga qiynalyapti. Ular koʻz gavharida ogʻriqlarni his qilmoqda.
Hozir olimlar bu borada tadqiqotlarni davom ettiryapti.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“Omikron”ning yangi mutatsiyasi keng tarqalmoqda
Koronavirusning “Omicron” shtammi O’zbekiston chegarasigacha yetib keldi
Koronavirusning yangi belgilari aniqlandi
JSST: Koronavirus endi yangi alomatlar bilan namoyon bo'lmoqda
Koronavirusning yangi alomati
Tadqiqot xulosasi: Buster doza bilan emlanganlar “omikron”ni “yengish” uchun yetarli antitanachalarga ega boʻladi
Izohlar (0)