“Omikron”ning yangi mutatsiyasi keng tarqalmoqda
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʻra, shu kungacha dunyoning 57 ta mamlakatida “omikron” shtammining yangi — VA.2 mutatsiyasi roʻyxatga olindi.
Ushbu variantni yuqtirganlar soni hozir 27 ming nafardan ziyod. Kasallik, ayniqsa, Daniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya, Italiya, AQSH, Hindiston, Filippin va Jazoirda keng tarqalmoqda.
Mutaxassislar fikricha, VA.2 deb nomlangan ushbu mutatsiya “omikron”ning hozirgi VA.1 koʻrinishidan ham yuqumliroq. Masalan, ayni paytda Daniyada roʻyxatga olinayotgan koronavirusga chalinish holatlarining 79 foizini shu turdagi infeksiya tashkil etyapti. Buyuk Britaniyada bu koʻrsatkich 6, Hindistonda 5, Shvetsiya va Singapurda esa 2 foizga teng.
Buyuk Britaniya Sogʻliqni saqlash xavfsizligi agentligi BA.2ni “kuzatuv ostidagi variant” sifatida tasnifladi. Hozirgacha bu yerda 1072 nafar bemorda ushbu virus aniqlangan. U avvalgi mutatsiyaga qaraganda birmuncha tezroq tarqalmoqda.
Mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Sajid Jovidning aytishicha, yangi variantning paydo boʻlishi va tez surʼatda tarqalayotgani emlanish jarayoni oʻta muhim ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
“Men barcha yurtdoshlarimizni oʻzlari va yaqinlari salomatligini himoya qilishga va kuchaytiruvchi dozada emlanishga chaqiraman” — dedi vazir.
Olimlar, shuningdek, 27-dekabrdan 11-yanvargacha boʻlgan davrda oʻtkazgan tahlillari natijasida Buyuk Britaniyada bemorlar VA.2 mutatsiyasini 13,4 foiz hollarda oila aʼzolaridan yuqtirganini aniqladi. Bu koʻrsatkich “omikron”ning dominant variantiga nisbatan 3,1 foiz yuqoridir.
Yangi mutatsiyani oʻrganish va tadqiq qilish ishlari toʻliq yakunlangan yoʻq. Shu bois VA.2ning xavflilik darajasi va asoratlari haqida aniq xulosalar aytishga hali erta.
Ammo VA.2 turi faol tarqalishi tufayli kelajakda uning dominant variantga aylanish ehtimoli yuqori. Bu esa “omikron” bilan bogʻliq pandemiya toʻlqinining davomiyligini oshirishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Tadqiqot xulosasi: Buster doza bilan emlanganlar “omikron”ni “yengish” uchun yetarli antitanachalarga ega boʻladi
Dunyoda koronavirusning yangi shtammi keng tarqalmoqda
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Koronavirusning “britancha” shtammi 60 ga yaqin davlatda aniqlandi
Butun dunyo boʻyicha so‘nggi kecha-kunduzda koronavirusdan 10 mingdan ortiq bemor vafot etdi
Koronavirusning “Omicron” shtammi O’zbekiston chegarasigacha yetib keldi
Izohlar (0)