Imkoniyati cheklangan oʻquvchilar uchun onlayn taʼlim sifati qoniqarlimi?
Muallif: Sanobar Shodmonova – tarix fanlari doktori, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori
COVID-19 pandemiyasi jahondagi 1,6 milliard bolaning taʼlim olishi bilan bogʻliq jarayonga salbiy taʼsir koʻrsatdi. Butun dunyodagi barcha maktablarning 94 foizi, rivojlanmagan va rivojlanayotgan mamlakatlarning esa 99 foizgacha maktablari pandemiya sharoitida u yoki bu muammolarga duch keldi.
Yer yuzining turli burchaklarida masofaviy oʻqitish amaliyotiga oʻtilar ekan, amaldagi taʼlim tizimi bunga tayyor emasligi maʼlum boʻlib qoldi. Ayniqsa, nogiron oʻquvchilar bilan bogʻliq muammolar koʻp. Imkoniyati cheklangan bolalarni zarur jihozlar bilan taʼminlash, ularning internetga ulanishi, onlayn dars uchun kerakli materiallar bilan taʼminlanishida katta yetishmovchiliklar bor.
Koʻplab mamlakatlar imkoniyati cheklangan oʻquvchilar va ularning ota-onalari uchun bu borada qoʻshimcha vosita va manbalar ishlab chiqdi. Nutqi yoki koʻrish qobiliyatida muammosi bor bolalarga moʻljallangan maxsus jihozlar yanada takomillashtirilib, maxsus oʻquv dasturlari soddalashtirildi va masofaviy oʻqitishga moslandi. Baʼzi davlatlarda pandemiya sabab eng keng qoʻllangan niqoblar ham imkoniyati cheklangan oʻquvchilarga moslashtirildi. Masalan, Iordaniyada qulogʻi eshitmaydigan bolalarni oʻqitish sifati tushib ketmasligi uchun shaffof matodan niqoblar yaratildi.
Rivojlanmagan yoki rivojlanayotgan davlatlarda pandemiya tufayli imkoniyati cheklangan oʻquvchilar taʼlimi deyarli toʻxtab qoldi.
Dildora Nurmatova, Toshkent shahridagi aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 66-maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktori oʻrinbosari:
- Pandemiya boʻlishiga qaramay, taʼlimni toʻxtatib qoʻymadik. Oʻquvchilar bilim olishi uchun imkon qadar kerakli saʼy-harakatlarni qildik. Karantin eʼlon qilingan ilk kunlardan masofaviy oʻqitish shakliga oʻtildi, oʻqitishda, asosan, ijtimoiy mediaplatformalardan, xususan, telegram ijtimoiy tarmogʻidan keng foydalanildi. Telegramda har bir oʻqitiladigan fan uchun maxsus kanallar tashkil qilingan, unga oʻquvchilar, ularning ota-onalari va maktab rahbariyati biriktirilgan. Biz har bir fan uchun maxsus videodarslar tayyorlab, ularni telegram kanallarga joylashtirib bordik. Bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda koʻproq videodarslar orqali taʼlim berdik. Bu jarayonda muammolar ham boʻldi va biz ularni mustaqil bartaraf etishga harakat qildik.
Avvalo, koʻp yillik tajribamga tayanib, shuni aytishim kerakki, aqli zaif bolalarga onlayn dars berishning natijasi samarali boʻlmaydi. Bunday oʻquvchilar bilan alohida va astoydil ishlash, har bir bolaga individual yondashuv zarur. Pandemiya davrida biz qoʻllagan choralar esa vaziyatdan chiqish, muammoni vaqtincha bartaraf etishga urinish edi, xolos.
Birinchi eng katta muammomiz – oʻquvchilarning maxsus oʻquv jihozlari bilan taʼminlanmaganidir. Ularning aksariyati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari boʻlib, koʻpchiligida zamonaviy sensor ekranli telefonlar yoʻq, ota-onasida shunday telefon borlar ham kattalar ishdan qaytishini kutishi kerak. Planshet yoki kompyuterlar esa sanoqli oʻquvchilarda bor. Shu maʼnoda tan olishimiz kerakki, oʻquvchilarda maxsus oʻquv texnikalari yoʻqligi ularning masofaviy taʼlimda ishtirok etishini qiyinlashtirdi.
Ikkinchi muammo – internet trafigi, uning narxlari va tezligi. Toʻgʻri, Oʻzbekistonda internet trafigi u qadar qimmat emas. Ammo men yuqorida aytganimdek, aksariyat oʻquvchilarimizning oilasi moddiy jihatdan mushkul vaziyatga tushib qolgan. Bundan tashqari, bola doimiy tibbiy parvarishga muhtoj. Ushbu sharoitda arzon internet ham ortiqcha xarajat hisoblanadi. Bizning darslar, asosan, video formatidagi darslar boʻlib, ular koʻp internet trafigini talab qiladi. Va ota-onalar mashgʻulotlarni matn yoki rasm koʻrinishida yuborishni soʻrashadi. Maktab atrofida yoki unga yaqinroq hududda yashovchi ota-onalar esa oʻzlari kelib, bizdan vazifalar olib ketishdi, soʻng bajarilgan topshiriqlarni olib kelib, bizga koʻrsatishdi.
Uchinchi muammo – ruhiy qoʻllab-quvvatlovning imkonsiz ekanligi. Biz darslarni masofadan turib muntazam va sifatli olib borishga intilgan, sifatli formatdagi videodarslar taqdim qilgan boʻlsak ham, bu oʻquvchilarimiz uchun yetarli boʻlmadi. Chunki ularning har biri alohida bir dunyo, har birining muammosi ruhiyatida, ruhiyatni esa masofadan turib boshqarish imkonsiz. Ota-onalarning aksariyati aqliy nuqsoni bor farzandi bilan ishlashni bilmaydi. Bolasi bilan mashgʻulotlar bajarish ota-ona ruhiyatiga qattiq taʼsir qilib, uning asablarini toliqtiradi.
Muammoga qanday yechim topish mumkin?
Uzoq yillar taʼlim sohasida ishladim. Bundan avval biz masofaviy taʼlim haqida faqatgina eshitar edik. Endi esa bu usulni amaliyotda qoʻllayapmiz.
Pandemiya davrida saboq berish boʻyicha toʻplangan kichik tajribamga tayangan holda baʼzi xulosalarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman.
Yana bir bor takrorlashni istardimki, aqli zaif bolalarni masofadan turib oʻqitish – samarasiz usul. Agar shunday shaklda oʻqitishga toʻgʻri kelsa, quyidagilarni hisobga olish zarur.
Eng avvalo, oʻquvchilarni sensor ekranli telefon, planshet yoki kompyuter singari maxsus texnikalar bilan taʼminlash lozim. Buni davlat mablagʻlari hisobidanmi yoki homiylarni jalb qilibmi, qay bir yoʻl bilan boʻlsa-da, tashkil qilish juda muhim. Ulardan vaqtinchalik foydalanish uchun yoki shaxsiy mulk qilib berishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish kerak. Bu bilan onlayn taʼlim sifatini biroz boʻlsin, yaxshilagan boʻlar edik.
Internet trafigi muammosini ham hal qilish shart, zero, bu muammo oʻqituvchining bir necha soatlik harakatlarini yoʻqqa chiqaradi, soatlab vaqt sarflangan videodarslar trafik iqtisod qilingani uchun ochilmay qolib ketadi. Oʻylashimcha, offlayn rejimda ishlaydigan maxsus dasturlar yaratilib, maktablar uchun bepul taqdim qilinishi kerak.
Pandemiya sharoitida Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan tizimdagi anʼanaviy maktablar uchun televizion darslar tashkil qilindi. Natijada, onlayn darslar sifati sezilarli yaxshilandi va bu ortiqcha xarajatlarga ehtiyoj qoldirmadi, eng muhimi, darslar respublikaning barcha hududlarini qamrab oldi. Kelajakda aqliy va jismoniy nuqsoni bor oʻquvchilar uchun ham maxsus televizion darslar oʻtilishini yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq boʻlar edi.
– Katta farzandim tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoq tashxisi bilan yashaydi. Uning oʻz dunyosi bor. Ming afsuski, mening bu dunyoga kirishim taʼqiqlangan. Bolamni tushunish, uning ichidan nimalar kechayotganini bilish mendan katta mashaqqat talab qiladi. Bu bolamdan tashqari yana ikki farzandim bor va ular hali juda yosh. Shunga qaramay, koʻp vaqtimni Abdulloh uchun sarflayman. Uning kelajakda jamiyatga biroz boʻlsa-da qoʻshilib, qandaydir hunar oʻrganishini, oʻzini-oʻzi eplay olishini istayman. Shuning uchun ham uning taʼlimiga katta eʼtibor qarataman.
Pandemiya davrida qariyb olti oy bolalarim bilan uyda oʻtirdim. Taʼtilim tugashi bilan turmush oʻrtogʻim taʼtil oldi, Abdullohni qarovsiz qoldirolmaganimiz uchun shunday qildik. Eng mushkuli, u bilan dars qilish, darslariga yordamlashish. Bu biz uchun juda ham qiyinligiga sabab, imkoniyati cheklangan bolaning taʼlimi bilan shaxsan oʻzingiz shugʻullanar ekansiz, u qanchalar zaifligini, kelajagi mavhumligini va farzandingiz boshqalardek emasligini yanada koʻproq his qilasiz. Uning juda oddiy vazifalarni ham bajarishga qiynalishi azoblaydi. Aslida, mening bolamga oʻxshagan bolalar bilan dars qilish uchun maxsus tayyorgarlik va bilim kerak. Menda esa bilim yetarli emas. Pandemiya sharoitida oʻgʻlimning oʻqishi toʻxtab qolgani yoʻq, toʻgʻri. Oʻqituvchilarga ming rahmat! Ular telegram kanalini tashkil qilib, shu kanalga dars mashgʻulotlarini joylashtirib borishdi, biz esa berilgan mashgʻulotlarni oʻrganib, uyga vazifalarni bajarishimiz kerak boʻldi. Ammo bu juda samarasiz usul boʻlib chiqdi. Chunki oʻtilayotgan darslarning asosiy qismi amaliy koʻnikmalarni shakllantiruvchi darslar, masalan, nimadir yasash, nimanidir taʼmirlash… Bu singari saboqlar yakkama-yakka oʻtirib, qoʻlidan ushlab oʻrgatiladigan darslar, onlayn sharoitda esa oʻrganish qiyin.
Mohira, psixik rivojlanishi sust tashxisi qoʻyilgan Nodirning onasi:
– Oʻgʻlim 14 yosh. Uning psixik rivojlanishi sust. Shunga qaramay, taʼlim olishga qiziqishi bor, faqat oʻzlashtirish qobiliyati juda past. Uning kelajagi haqida koʻp qaygʻuramiz, taʼlim olishi va hunar oʻrganishi biz uchun muhim.
Farzandim pandemiya davrida yarim yildan koʻproq vaqt uyda oʻtirdi. Masofadan turib tashkil qilingan darslarda ishtirok etish nafaqat uning, balki mening ham oʻqishimni talab qildi. Harakat qildik, ammo men aqli zaif bolalar uchun tashkillashtirilgan masofaviy darslarni samarali deb aytmagan boʻlardim. Bilasizmi, bolamga oʻxshagan oʻquvchilarga ortiqcha malaka talab qilinmaydigan biror hunarni oʻrgatish kerak, ularning kelajagi shunga bogʻliq, chunki bunday tashxis qoʻyilgan bolalarning kelajakda oʻz-oʻzini taʼminlash imkoniyati juda ham cheklangan. Psixik rivojlanishi sust oʻquvchilarga masofadan turib hunar oʻrgatish yaxshi natijaga olib kelmaydi. Masalan, mening Nodirim olti oy davomida yogʻochga ishlov berish boʻyicha videodarslarni muntazam koʻrdi, biroq bundan hech bir samara boʻlmadi, anʼanaviy taʼlimga oʻtilganidan soʻng u bu ishni ikki oyda ustozi bilan birga ishlab, oʻrganib oldi. Hozir hunarni nisbatan yaxshi oʻzlashtiryapti.
Anastasiya, psixik rivojlanishi sust tashxisi qoʻyilgan Vladimirning onasi:
– Biz masofaviy darslarda ishtirok eta olmadik, negaki, mening sensor ekranli telefonim ham, internetim ham yoʻq. Oyda bir yo ikki marotaba maktabga borib, ustozlardan vazifalar olib keldim va uni oʻgʻlimga oʻrgatdim. Toʻgʻri, bu juda kam foyda beradi, ammo men kabi doimiy moddiy taʼminotga ega boʻlmagan yolgʻiz onalar uchun boshqa biror choraning oʻzi yoʻq. Buning ustiga pandemiya davrida ishsiz qolib, homiylar yordami evaziga kun kechirdik. Menimcha, masofaviy taʼlimga oʻtishga majbur boʻlganimizda hamma uchun birdek sharoit yaratilishi kerak. Masalan, biz singari ijtimoiy himoyaga muhtoj, yolgʻiz onalarning farzandlari uchun vaqtinchalik foydalanishga boʻlsa ham planshet yoki kompyuter berib, internet trafiklari uchun oylik toʻlovlarda sezilarli chegirmalar qilib qoʻyilsa, yaxshi boʻlardi. Bu, menimcha, juda katta mablagʻ talab qilmaydi.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasida barcha uchun taʼlim olish huquqi kafolatlangan. Va shunga asosan, milliy qonunchilikda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun taʼlim-tarbiya olishda teng huquqlar belgilangan. Aslida, aqli zaif yoki jismoniy imkoniyati cheklangan oʻquvchilarning ilm-hunar oʻrganishiga alohida eʼtibor qaratish mamlakat taʼlim tizimidagi eng dolzarb vazifalardan biri boʻlishi lozim. Chunki, bunday tashxis bilan yashayotgan bolalar uchun ilm olish yoki hunar oʻrganish hayot-mamot masalasidir. Imkoniyati cheklangan bolalar oddiy bolalarga qaraganda koʻproq eʼtiborga muhtojligi bois, ularni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga integratsiyalashuvini taʼminlash zarur.

Oʻzbekistonda ham taʼlimning onlayn shaklga oʻtishi imkoniyati cheklangan bolalar taʼlimidagi qator muammolarni yuzaga chiqardi. Xalq taʼlimi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, respublika boʻyicha jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar uchun 86 ta ixtisoslashgan maktab va maktab-internat mavjud. Ushbu taʼlim maskanlarida jami 21 363 nafar oʻquvchi bilim olmoqda. 2019-2020 oʻquv yilida ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda tahsil olgan imkoniyati cheklangan bolalarning eng katta qismi, yaʼni 55 foizini aqliy imkoniyati cheklangan oʻquvchilar tashkil qilgan. Barcha maktablarda boʻlgani kabi pandemiya sharoitida aqli zaif oʻquvchilar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar ham onlayn shaklda faoliyatini davom ettirdi. Taʼlimning bu shakli mazkur maktablar uchun qator muammolar, murakkabliklarni keltirib chiqargan boʻlsa-da, oʻqituvchilar ishlashda uzluksiz davom etmoqda.
Dildora Nurmatova, Toshkent shahridagi aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 66-maktabning oʻquv ishlari boʻyicha direktori oʻrinbosari:
- Pandemiya boʻlishiga qaramay, taʼlimni toʻxtatib qoʻymadik. Oʻquvchilar bilim olishi uchun imkon qadar kerakli saʼy-harakatlarni qildik. Karantin eʼlon qilingan ilk kunlardan masofaviy oʻqitish shakliga oʻtildi, oʻqitishda, asosan, ijtimoiy mediaplatformalardan, xususan, telegram ijtimoiy tarmogʻidan keng foydalanildi. Telegramda har bir oʻqitiladigan fan uchun maxsus kanallar tashkil qilingan, unga oʻquvchilar, ularning ota-onalari va maktab rahbariyati biriktirilgan. Biz har bir fan uchun maxsus videodarslar tayyorlab, ularni telegram kanallarga joylashtirib bordik. Bolalarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda koʻproq videodarslar orqali taʼlim berdik. Bu jarayonda muammolar ham boʻldi va biz ularni mustaqil bartaraf etishga harakat qildik.
Avvalo, koʻp yillik tajribamga tayanib, shuni aytishim kerakki, aqli zaif bolalarga onlayn dars berishning natijasi samarali boʻlmaydi. Bunday oʻquvchilar bilan alohida va astoydil ishlash, har bir bolaga individual yondashuv zarur. Pandemiya davrida biz qoʻllagan choralar esa vaziyatdan chiqish, muammoni vaqtincha bartaraf etishga urinish edi, xolos.
Birinchi eng katta muammomiz – oʻquvchilarning maxsus oʻquv jihozlari bilan taʼminlanmaganidir. Ularning aksariyati ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari boʻlib, koʻpchiligida zamonaviy sensor ekranli telefonlar yoʻq, ota-onasida shunday telefon borlar ham kattalar ishdan qaytishini kutishi kerak. Planshet yoki kompyuterlar esa sanoqli oʻquvchilarda bor. Shu maʼnoda tan olishimiz kerakki, oʻquvchilarda maxsus oʻquv texnikalari yoʻqligi ularning masofaviy taʼlimda ishtirok etishini qiyinlashtirdi.
Ikkinchi muammo – internet trafigi, uning narxlari va tezligi. Toʻgʻri, Oʻzbekistonda internet trafigi u qadar qimmat emas. Ammo men yuqorida aytganimdek, aksariyat oʻquvchilarimizning oilasi moddiy jihatdan mushkul vaziyatga tushib qolgan. Bundan tashqari, bola doimiy tibbiy parvarishga muhtoj. Ushbu sharoitda arzon internet ham ortiqcha xarajat hisoblanadi. Bizning darslar, asosan, video formatidagi darslar boʻlib, ular koʻp internet trafigini talab qiladi. Va ota-onalar mashgʻulotlarni matn yoki rasm koʻrinishida yuborishni soʻrashadi. Maktab atrofida yoki unga yaqinroq hududda yashovchi ota-onalar esa oʻzlari kelib, bizdan vazifalar olib ketishdi, soʻng bajarilgan topshiriqlarni olib kelib, bizga koʻrsatishdi.
Uchinchi muammo – ruhiy qoʻllab-quvvatlovning imkonsiz ekanligi. Biz darslarni masofadan turib muntazam va sifatli olib borishga intilgan, sifatli formatdagi videodarslar taqdim qilgan boʻlsak ham, bu oʻquvchilarimiz uchun yetarli boʻlmadi. Chunki ularning har biri alohida bir dunyo, har birining muammosi ruhiyatida, ruhiyatni esa masofadan turib boshqarish imkonsiz. Ota-onalarning aksariyati aqliy nuqsoni bor farzandi bilan ishlashni bilmaydi. Bolasi bilan mashgʻulotlar bajarish ota-ona ruhiyatiga qattiq taʼsir qilib, uning asablarini toliqtiradi.
Muammoga qanday yechim topish mumkin?
Uzoq yillar taʼlim sohasida ishladim. Bundan avval biz masofaviy taʼlim haqida faqatgina eshitar edik. Endi esa bu usulni amaliyotda qoʻllayapmiz.
Pandemiya davrida saboq berish boʻyicha toʻplangan kichik tajribamga tayangan holda baʼzi xulosalarim bilan oʻrtoqlashmoqchiman.
Yana bir bor takrorlashni istardimki, aqli zaif bolalarni masofadan turib oʻqitish – samarasiz usul. Agar shunday shaklda oʻqitishga toʻgʻri kelsa, quyidagilarni hisobga olish zarur.
Eng avvalo, oʻquvchilarni sensor ekranli telefon, planshet yoki kompyuter singari maxsus texnikalar bilan taʼminlash lozim. Buni davlat mablagʻlari hisobidanmi yoki homiylarni jalb qilibmi, qay bir yoʻl bilan boʻlsa-da, tashkil qilish juda muhim. Ulardan vaqtinchalik foydalanish uchun yoki shaxsiy mulk qilib berishni tizimli ravishda yoʻlga qoʻyish kerak. Bu bilan onlayn taʼlim sifatini biroz boʻlsin, yaxshilagan boʻlar edik.
Internet trafigi muammosini ham hal qilish shart, zero, bu muammo oʻqituvchining bir necha soatlik harakatlarini yoʻqqa chiqaradi, soatlab vaqt sarflangan videodarslar trafik iqtisod qilingani uchun ochilmay qolib ketadi. Oʻylashimcha, offlayn rejimda ishlaydigan maxsus dasturlar yaratilib, maktablar uchun bepul taqdim qilinishi kerak.
Pandemiya sharoitida Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan tizimdagi anʼanaviy maktablar uchun televizion darslar tashkil qilindi. Natijada, onlayn darslar sifati sezilarli yaxshilandi va bu ortiqcha xarajatlarga ehtiyoj qoldirmadi, eng muhimi, darslar respublikaning barcha hududlarini qamrab oldi. Kelajakda aqliy va jismoniy nuqsoni bor oʻquvchilar uchun ham maxsus televizion darslar oʻtilishini yoʻlga qoʻyish maqsadga muvofiq boʻlar edi.
B.S. Atoxadjayev, Toshkent shahridagi aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 66-maktabning Texnologiya fani, Kosibchilik yoʻnalishi oʻqituvchisi:
– Men oʻqitadigan fan, asosan, amaliyot bilan bogʻliq, chunki hunar oʻrgataman. Pandemiya davrida oʻnlab videodarslar tayyorlab, oʻquvchilarimga yetkazdim. Ammo natija yaxshi deb aytolmayman. Nega deganda, mening oʻquvchilarim alohida eʼtiborga muhtoj. Ular bilan koʻrishib, qoʻlidan tutib, oʻrgatmasam, ijobiy natija ololmayman.
Yana bir muammo, men yuborgan videodarslarni oʻquvchilarim va ularning ota-onalari doim ham yuklab ololmaydi. Sababi, ularda sensorli telefonlar yoʻq, internet trafigi ham yetarli emas. Shuning uchun uyda oʻtirgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻquvchilarni maxsus oʻquv jihozlari bilan taʼminlash muhim, deb oʻylayman.
Farida, epileptik tutqanoq tashxisi qoʻyilgan Abdullohning onasi:– Men oʻqitadigan fan, asosan, amaliyot bilan bogʻliq, chunki hunar oʻrgataman. Pandemiya davrida oʻnlab videodarslar tayyorlab, oʻquvchilarimga yetkazdim. Ammo natija yaxshi deb aytolmayman. Nega deganda, mening oʻquvchilarim alohida eʼtiborga muhtoj. Ular bilan koʻrishib, qoʻlidan tutib, oʻrgatmasam, ijobiy natija ololmayman.
Yana bir muammo, men yuborgan videodarslarni oʻquvchilarim va ularning ota-onalari doim ham yuklab ololmaydi. Sababi, ularda sensorli telefonlar yoʻq, internet trafigi ham yetarli emas. Shuning uchun uyda oʻtirgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻquvchilarni maxsus oʻquv jihozlari bilan taʼminlash muhim, deb oʻylayman.
– Katta farzandim tez-tez takrorlanadigan epileptik tutqanoq tashxisi bilan yashaydi. Uning oʻz dunyosi bor. Ming afsuski, mening bu dunyoga kirishim taʼqiqlangan. Bolamni tushunish, uning ichidan nimalar kechayotganini bilish mendan katta mashaqqat talab qiladi. Bu bolamdan tashqari yana ikki farzandim bor va ular hali juda yosh. Shunga qaramay, koʻp vaqtimni Abdulloh uchun sarflayman. Uning kelajakda jamiyatga biroz boʻlsa-da qoʻshilib, qandaydir hunar oʻrganishini, oʻzini-oʻzi eplay olishini istayman. Shuning uchun ham uning taʼlimiga katta eʼtibor qarataman.
Pandemiya davrida qariyb olti oy bolalarim bilan uyda oʻtirdim. Taʼtilim tugashi bilan turmush oʻrtogʻim taʼtil oldi, Abdullohni qarovsiz qoldirolmaganimiz uchun shunday qildik. Eng mushkuli, u bilan dars qilish, darslariga yordamlashish. Bu biz uchun juda ham qiyinligiga sabab, imkoniyati cheklangan bolaning taʼlimi bilan shaxsan oʻzingiz shugʻullanar ekansiz, u qanchalar zaifligini, kelajagi mavhumligini va farzandingiz boshqalardek emasligini yanada koʻproq his qilasiz. Uning juda oddiy vazifalarni ham bajarishga qiynalishi azoblaydi. Aslida, mening bolamga oʻxshagan bolalar bilan dars qilish uchun maxsus tayyorgarlik va bilim kerak. Menda esa bilim yetarli emas. Pandemiya sharoitida oʻgʻlimning oʻqishi toʻxtab qolgani yoʻq, toʻgʻri. Oʻqituvchilarga ming rahmat! Ular telegram kanalini tashkil qilib, shu kanalga dars mashgʻulotlarini joylashtirib borishdi, biz esa berilgan mashgʻulotlarni oʻrganib, uyga vazifalarni bajarishimiz kerak boʻldi. Ammo bu juda samarasiz usul boʻlib chiqdi. Chunki oʻtilayotgan darslarning asosiy qismi amaliy koʻnikmalarni shakllantiruvchi darslar, masalan, nimadir yasash, nimanidir taʼmirlash… Bu singari saboqlar yakkama-yakka oʻtirib, qoʻlidan ushlab oʻrgatiladigan darslar, onlayn sharoitda esa oʻrganish qiyin.
Mohira, psixik rivojlanishi sust tashxisi qoʻyilgan Nodirning onasi:
– Oʻgʻlim 14 yosh. Uning psixik rivojlanishi sust. Shunga qaramay, taʼlim olishga qiziqishi bor, faqat oʻzlashtirish qobiliyati juda past. Uning kelajagi haqida koʻp qaygʻuramiz, taʼlim olishi va hunar oʻrganishi biz uchun muhim.
Farzandim pandemiya davrida yarim yildan koʻproq vaqt uyda oʻtirdi. Masofadan turib tashkil qilingan darslarda ishtirok etish nafaqat uning, balki mening ham oʻqishimni talab qildi. Harakat qildik, ammo men aqli zaif bolalar uchun tashkillashtirilgan masofaviy darslarni samarali deb aytmagan boʻlardim. Bilasizmi, bolamga oʻxshagan oʻquvchilarga ortiqcha malaka talab qilinmaydigan biror hunarni oʻrgatish kerak, ularning kelajagi shunga bogʻliq, chunki bunday tashxis qoʻyilgan bolalarning kelajakda oʻz-oʻzini taʼminlash imkoniyati juda ham cheklangan. Psixik rivojlanishi sust oʻquvchilarga masofadan turib hunar oʻrgatish yaxshi natijaga olib kelmaydi. Masalan, mening Nodirim olti oy davomida yogʻochga ishlov berish boʻyicha videodarslarni muntazam koʻrdi, biroq bundan hech bir samara boʻlmadi, anʼanaviy taʼlimga oʻtilganidan soʻng u bu ishni ikki oyda ustozi bilan birga ishlab, oʻrganib oldi. Hozir hunarni nisbatan yaxshi oʻzlashtiryapti.
Anastasiya, psixik rivojlanishi sust tashxisi qoʻyilgan Vladimirning onasi:
– Biz masofaviy darslarda ishtirok eta olmadik, negaki, mening sensor ekranli telefonim ham, internetim ham yoʻq. Oyda bir yo ikki marotaba maktabga borib, ustozlardan vazifalar olib keldim va uni oʻgʻlimga oʻrgatdim. Toʻgʻri, bu juda kam foyda beradi, ammo men kabi doimiy moddiy taʼminotga ega boʻlmagan yolgʻiz onalar uchun boshqa biror choraning oʻzi yoʻq. Buning ustiga pandemiya davrida ishsiz qolib, homiylar yordami evaziga kun kechirdik. Menimcha, masofaviy taʼlimga oʻtishga majbur boʻlganimizda hamma uchun birdek sharoit yaratilishi kerak. Masalan, biz singari ijtimoiy himoyaga muhtoj, yolgʻiz onalarning farzandlari uchun vaqtinchalik foydalanishga boʻlsa ham planshet yoki kompyuter berib, internet trafiklari uchun oylik toʻlovlarda sezilarli chegirmalar qilib qoʻyilsa, yaxshi boʻlardi. Bu, menimcha, juda katta mablagʻ talab qilmaydi.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasida barcha uchun taʼlim olish huquqi kafolatlangan. Va shunga asosan, milliy qonunchilikda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun taʼlim-tarbiya olishda teng huquqlar belgilangan. Aslida, aqli zaif yoki jismoniy imkoniyati cheklangan oʻquvchilarning ilm-hunar oʻrganishiga alohida eʼtibor qaratish mamlakat taʼlim tizimidagi eng dolzarb vazifalardan biri boʻlishi lozim. Chunki, bunday tashxis bilan yashayotgan bolalar uchun ilm olish yoki hunar oʻrganish hayot-mamot masalasidir. Imkoniyati cheklangan bolalar oddiy bolalarga qaraganda koʻproq eʼtiborga muhtojligi bois, ularni har jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy moslashuvi va jamiyatga integratsiyalashuvini taʼminlash zarur.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan xotin-qizlar uchun davlat mukofoti joriy etiladi
Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
Samarqand shahridagi barcha bogʻcha va maktablar karantinga yopiladi
Rossiya tibbiyot universitetining Toshkent filiali ochilmoqda
Bill Geyts koronavirus pandemiyasini toʻxtatish usulini aytib oʻtdi
Tugʻilajak bolaning jinsini oldindan rejalashtirish mumkinmi?
Izohlar (0)