Blogerga ayblov eʼlon qilindi
IIV Tergov departamenti xabar berishicha Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi bloger Otabek Sattoriyga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishini tergov qilishni yakunladi. Jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sudlovga oshirish uchun viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
“Otabek Sattoriy 2020-yilning iyun oyidan 2021-yilning yanvar oyiga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida, fuqarolarning sir saqlanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarini oshkor qilish bilan qoʻrqitib oʻzgadan mulkini, mulkiy huquqini topshirishini, mulkiy manfaatlar berishini, mulkiy yoʻsindagi harakatlar sodir etishini talab qilib, jabrlanuvchini oʻz mulki yoki mulkka boʻlgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qoʻyish hamda nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan tarzda, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogʻi (“Telegramm”, “Facebook”, “YouTube”) da joylashtirish orqali tuhmat qilish, haqorat qilish kabi jinoyatlarni fuqaro Isroil X., Mastona A., Nasiba N., Toʻxtamish K., Oʻtkir T., Ashur X., Zokirjon X., Lochin T.,larganisbatan sodir qilib, ushbu fuqarolarning ayrimlaridan moddiy manfaat koʻrib kelganligi maʼlum boʻlgan.
Olib borilgan tergov harakatlari natijasiga koʻra, Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2021-yilning 24-fevral kuni Sattoriy Otabek AbdumanonzodagaOʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a”,“b” bandlari va 3-qismi “a” bandi (Tovlamachilik), 139-moddasi 3-qismi “a,g” bandlari (Tuhmat) hamda 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (Haqorat qilish) bilan avvalgi ayblov toʻldirilib, shu kuni dastlabki tergov tamomlangan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan ayblov xulosasini tasdiqlash va tegishli sudlovga oshirish uchun Surxondaryo viloyat prokuraturasiga yuborilgan”, deb holatga aniqlik kiritib oʻtmoqda Tergov departamenti.
Eslatib oʻtamiz, surxondaryolik bloger Otabek Sattoriy tovlamachilikda ayblanib, 29-yanvar kuni hibsga olingan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Koʻcha bezorilari ayollarni bir necha bor kaltakladi
Qidiruvda bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi
Buxoroda homilador ayol hali tug‘ilmagan bolasini 50 million so‘mga sotishga urindi
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Joriy yilning 10-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushganligi haqida xabarlar tarqalgan edi
Qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar qoʻlga olindi
Izohlar (0)