O‘qituvchining po‘pisasi qimmatga tushdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro davlat universiteti o‘qituvchisini 8 mart bayramiga talabalar tomonidan berilgan 200 ming so‘m pul va gul uchun “juda arzon sovg‘a” deb po‘pisa qilgani haqida video va xabarlar paydo bo‘ldi, deb yozadi Sof.uz.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi shu kunning o‘zida bu masalaga e’tibor qaratdi.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘rganishlardan so‘ng, mazkur o‘qituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq bekor qilindi.
"Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi rahbariyati tizimda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishi hamda manfaatlar to‘qnashuviga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘ladi va shu kunlarda oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi "komplayens nazorat" tizimi joriy etilayotganini ma’lum qiladi.
Jamoatchilik nazoratini amalga oshirgan ijtimoiy tarmoqlar vakillari va talabalarimizga minnatdorchilik bildiramiz va bu holat barcha oliy ta’lim muassasalarida muhokama qilinishini ma’lum qilamiz", - deyilgan vazirlik xabaridan.
Mazkur tezkor jazo chorasi haqida troll.uz telegram kanali blogeri "Qani endi katta-katta o‘g‘rilar, gaz, chiroq, monopoliya masalalari ko‘tarilganda shunday tez chora ko‘rilsa. O‘qituvchiga kelganda bir kunga bormay hal bo‘ladi-ya. Qoyil", - deb yozib qoldirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Endi ta’lim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchilarga maxsus ustamalar beriladi
“University Cyber Cup”da Inha universiteti jamoasi sovrindor boʻldi
Rossiyalik ish beruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazildi
TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
Yangi yildan “bir sud – bir instansiya” tamoyiliga amal qilinadi
“Hozir kamida 30 foiz o‘qituvchining oliy ta’lim dargohida dars berishga, bu dargohlarga kirishga haqqi yo‘q”
Izohlar (0)