Xunuk holat
Toshkentda 15-mart kuni Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining birinchi yigʻilishida Senat raisi Tanzila Norboyeva ayollarning mardikorchilik uchun bozor chekkasida sargʻayib turishi xunuk holat ekanligini aytib, bu boʻyicha koʻriladigan ishlar loyihasini maʼlum qildi. Bu haqda “Bugun.uz” xabar berdi.
Tadbirda Senat raisi Tanzila Norboyeva ayollar koʻchada oʻz ishchi kuchini taklif qilib turishi juda xunuk holatligini taʼkidlab, bu masalaga yechim sifatida bir martalik ishlarni zamonaviy tartibda tashkil qilinishini aytdi. Buning amaliyoti oʻlaroq, Toshkent shahrida 6 ta kunlik ishchilar markazi tashkil etilganini, Respublika boʻyicha esa 31 ta shunday markaz tashkil qilinganini taʼkidladi. Shuningdek, mavjud kunlik ishchilar markazlarining ishlab ketishini ham yoʻlga qoʻyish zarurligini aytdi.
“Mardikorlik bilan shugʻullanayotgan ayollarimiz bor. Mardikorlik deyiladi, lekin bu juda xunuk gap” — deya masalaga fikr bildirgan Tanzila Norboyeva. Senat raisi bu muammoni bartaraf etishni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga topshiriq qilib berdi hamda vazifaga hamma tashkilot yordam berishi kerakligini taʼkidladi.
“Bu masala Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ishi ekan, deb qarab oʻtirmanglar! Yashash hududingizdagi bozor yoki koʻchalar yoqasida ayollar ishchi kuchimni sotaman, deb toʻplanib turishadi. Mana shunday joyga oʻzingiz boring, ayollar bilan suhbat qiling. Viloyatlarga xizmat safari bilan chiqqanimda, albatta, oʻsha joylarga men ham boraman. Bunday mardikor bozorlar Qoʻqonda, Toshkent shahri va viloyatida koʻp”, — deya taʼkidlagan Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi raisi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan xotin-qizlar uchun davlat mukofoti joriy etiladi
1-apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni vaqtincha toʻxtatish boʻyicha taklif berildi
Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Nega Buxoro boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti?
2020-yilda Oʻzbekistonda eng koʻp nikoh qayd etilgan viloyatlar maʼlum boʻldi
Haydovchi IIB YHXB xodimiga pora taklif qildi
Izohlar (0)