Namangan viloyatida nomaʼlum maxluqning skeleti topildi
Olimlar Namanganda topilgan nomaʼlum maxluq skeletini qirilib ketgan jonzotlar turiga mansub ekanligini taxmin qilmoqda.
Foto: Namangan davlat madaniyat va tarixi muzyei matbuot xizmati
Noyob topilma Namangan tumani Qoratepa qishlogʻida Ubaydullayev Najmiddin xonadonida aniqlangan. Xonadon egasi issiqxona tashkil etish maqsadida qazish ishlarini olib borayotgan vaqtda bus-butun holda saqlangan nomaʼlum hayvon suyak qoldiqlariga duch kelgan.Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi xodimlari, Namangan davlat universiteti olimlari birgalikda olib borgan tekshirish xulosalariga koʻra, mazkur hayvon skeleti dinazavrlarning indrokateriy turiga mansub yirik sut emizuvchi ekanligi taxmin qilinmoqda.
Tekshirish ishlarini Muzey xodimlari Karimov M., Karimov I., Namangan davlat universitetining arxeologiya kafedrasi arxeologi Shukurullo Nasriddinov va biologiya kafedrasi dotsenti Erkin Ikromovlar olib borgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Namanganda masjidni tunamoqchi boʻlgan uddaburon oʻgʻri qoʻlga tushdi
Haydovchi IIB YHXB xodimiga pora taklif qildi
Namanganda ilk bor tashkil etilgan dron shou
4 ta viloyatda qoʻgʻirchoq teatri quriladi
Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Saviskiy merosi haqida nima bilamiz?.. Yoki jahonga yuz ochayotgan muzey
Izohlar (0)