Tovlamachi
2-aprel kuni Samarqand shahri boʻyicha ichki ishlar organlarini faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimiga 21 yoshli fuqaro murojaat qilib, oʻqituvchisi shaxsiy fotosuratlarini tarqatib yubormaslik uchun 400 dollar talab qilayotganin bildirgan.
Unga tegishli boʻlgan sir saqlanishi lozim boʻlgan fotosuratlarini institutlardan birida oʻqituvchi boʻlib ishlagan tanishi 27 yoshli shaxs ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yubormaslik evaziga 400 AQSH dollarini talab qilayotgan.
Jazo belgilandi
Shu kuni soat 13.00 da Samarqand shahar Qoʻshhovuz mahallasi hududida fotosuratlarni tarqatib yubormaslik evaziga tovlamachilik yoʻli bilan 400 AQSH dollarini olayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha ichki ishlar organlari tergov boʻlimi tomonidan tovlamachilikka nisbatan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilanjinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)