Kobra ovlash – KPIga-toʻgʻri kelmadi
Koʻplab odamlar yovvoyi hayvonlarni koʻrish uchun uzoq safarlarga chiqishni yaxshi koʻradilar. Hindistonning shaharlarida boʻlsa koʻchada erkin harakatlanadigan bufalo, leopard yoki kobralarni koʻrish mumkin. Baʼzi shaharlarda ilonni koʻrgan hindistonlik xuddi mushuk koʻrgandek beeʼtibor boʻlishadi.
Aytilishicha, 19-asrda, Hindiston Buyuk Britaniyaning mustamlakasi ostida boʻlganida, Britaniya hukumati Dehlida ilonlarni kamaytirish uchun maxsus dastur qabul qiladi.
Har bir ilon oʻldirgan shaxsga bonuslar toʻlanadigan boʻladi.
Dastlab, ushbu reja kutilgan natijalarni beradi.
Pul olish maqsadida odamlar ilonlarni oʻldirishdi va kobralardan keladigan tahdid nazorat ostida edi. Biroq, aslida hammasi murakkabroq boʻlib chiqdi.
Baʼzi epchil tadbirkorlar oʻldirilgan kobralardan yaxshi pul ishlash mumkinligini tushunib yetishdi.
Va ular nimani oʻylab topdilar? Ularning sonini koʻpaytirish uchun kobra fermalari qurildi!
Mustamlaka maʼmuriyati nima sodir boʻlayotganini anglashi bilan, bonuslar tezda bekor qilindi. Va ilonlarning ahamiyati birdan tushganda, fermalar egalari barcha ilonlarni shunchaki ozod qilib yuborishdi. Oxir oqibat Dehlida kobra soni nafaqat kamaymadi, aksincha, koʻpayib ketdi.
Boshidanoq Britaniya maʼmuriyati asosiy maqsadni aniqlamadi. Vazifa boshidanoq notoʻgʻri qoʻyildi. Britaniyaliklarga oʻlik ilonlar koʻpayishi emas, tirik ilonlar kamayishi kerakli edi. Ular tez va oson natija olish uchun notoʻgʻri gʻoyani mukofotlashdi.

Mana shu hodisa orqali malakali professional rahbar va menejerlar nima uchun kerakligini tushunib yetish mumkin.
Maqsad qanchalik oliy boʻlmasin, vazifa toʻgʻri qoʻyilib, toʻgʻri KPI (Самарадорликнинг муҳим кўрсаткичи (Key Performance Indicators, KPI) joriy qilinmas ekan, hamma qaror va harakatlar yakunda zararga oʻynashda davom etaveradi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)