Amir-Olimxoning-qabriga-bitilgan-so’zlar
1399 yil (bundan 622 yil oldin) – Hindiston yurishidan qaytgan Amir Temur Samarqand shahridagi Qusam ibn Abbos qabrini ziyorat qildi. Ayni shu kuni samarqandliklar ilk bor Sohibqiron tomonidan olib kelingan fillarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar. Mazkur voqea tarixchi olim Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida quyidagicha bayon etiladi:
“Seshanba kuni, oyning yigirma birida (milodiy 1399 yil 28 aprelda) davlat bila Jahongushoydin otlanib, Samarqand shahriga kirib, ul shaharda Qusam ibn al-Abbosning mazorig‘a borib tavof kildi. Andag‘i mujovir (mozorning shayxi, mozor va uning mulkiga ko‘z-quloq bo‘lib turuvchi kishi)larg‘a ko‘b nimalar berib, namozi peshinda Bog‘i Chinori naqshi jahong‘a borib tushti. Va bu mahalda pillar yetishdi.
Va Samarqand elikim, hargiz pilni ko‘rmagon erdilar, barcha xalq tafarrujqa chiqib, Haqq subhonahu va taolo san’ig‘a hayron bo‘ldilar. Hazrat sohibqiron barcha shahzodalarga va shaharning buzurglarig‘a tansuq nimalarkim, Hindustondin kelturub erdi, kishiga loyiq savg‘otlar berdi. Va Sarangkim, Malluxonning ag‘osi erdi, ikki pil bilan amirzoda Sulton Muhammadqa yubardi”.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Qusam ibn Abbos Muhammad (s.a.v.)ning amakivachchasi hisoblanadi. U xalifa Ali ibn Abu Tolib zamonida Makka voliysi bo‘lgan. Muoviya zamonida Xuroson voliysi Sayyid ibn Usmon bilan Samarqandga kelib, shu yerda o‘ldirilgan. So‘ng u vafot etgan yerida ko‘milgan. Keyinchalik bu yerda Shohi Zinda (“Tirik shoh”) ansambli shakllangan. Bu ansamblning hozirgi nomi esa Shahid Zinda iborasining buzilib aytilishidir.
1870 yil (bundan 151 yil oldin) – Turkistondagi ilk davriy matbuot, rus istilochilari tomonidan tashkil etilgan dastlabki gazeta – “Turkestanskiye vedomosti” chiqa boshladi. Gazetaning jami 6 ming 406 ta soni bosilgan. Tarixchi Sanobar Shodmonovaning qayd etishicha, ushbu gazeta Rossiyadagi guberniya vedomostlariga tenglashtirilgan bo‘lib, unga amaldorlar obuna bo‘lishi majburiy edi.
Turkiston general-gubernatorligi bu gazeta orqali o‘z g‘oyalarini tarqatishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsada, amalda matbuot o‘lkani har tomonlama o‘rganib hamda rus aholini Turkiston hayoti bilan tanishtirish, ularga madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy xabarlar berish borasida alohida ahamiyat kasb etgan. Biroq gazetada o‘lka hayotidagi ko‘plab salbiy holatlarni ko‘rsatmaslikka harakat qilingan.
1944 yil (bundan 77 yil oldin) – Buxoroning mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan so‘nggi amiri Sayyid Olimxon uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Afg‘onistondagi o‘zi uchun ajratilgan Kal’ai Fotuda vafot etdi. Uning maqbarasi Kobul shahri atrofidagi Shaxidoni islom qabristonida bo‘lib, qabrtoshiga ushbu so‘zlar bitilgan: “bu qabr sohibi alam-sitamga to‘la amir bo‘lmish va saltanat surmish zoti oliyning bir kaft tuprog‘idan xotira”.
“Seshanba kuni, oyning yigirma birida (milodiy 1399 yil 28 aprelda) davlat bila Jahongushoydin otlanib, Samarqand shahriga kirib, ul shaharda Qusam ibn al-Abbosning mazorig‘a borib tavof kildi. Andag‘i mujovir (mozorning shayxi, mozor va uning mulkiga ko‘z-quloq bo‘lib turuvchi kishi)larg‘a ko‘b nimalar berib, namozi peshinda Bog‘i Chinori naqshi jahong‘a borib tushti. Va bu mahalda pillar yetishdi.
Va Samarqand elikim, hargiz pilni ko‘rmagon erdilar, barcha xalq tafarrujqa chiqib, Haqq subhonahu va taolo san’ig‘a hayron bo‘ldilar. Hazrat sohibqiron barcha shahzodalarga va shaharning buzurglarig‘a tansuq nimalarkim, Hindustondin kelturub erdi, kishiga loyiq savg‘otlar berdi. Va Sarangkim, Malluxonning ag‘osi erdi, ikki pil bilan amirzoda Sulton Muhammadqa yubardi”.
Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Qusam ibn Abbos Muhammad (s.a.v.)ning amakivachchasi hisoblanadi. U xalifa Ali ibn Abu Tolib zamonida Makka voliysi bo‘lgan. Muoviya zamonida Xuroson voliysi Sayyid ibn Usmon bilan Samarqandga kelib, shu yerda o‘ldirilgan. So‘ng u vafot etgan yerida ko‘milgan. Keyinchalik bu yerda Shohi Zinda (“Tirik shoh”) ansambli shakllangan. Bu ansamblning hozirgi nomi esa Shahid Zinda iborasining buzilib aytilishidir.
Boburning yengilishi
1512 yil (bundan 509 yil oldin) – Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon Buxoro vohasidagi Ko‘li Malik degan joyda Bobur qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozondi. Bobur va Ubaydullaxon o‘rtasidagi bu jang “Abdullanoma”da quyidagicha hikoya qilinadi: “Bobur podshoh qirq ming askar bilan Buxoro tomonga yo‘naldi va Buxoroning g‘arbiy tomonida joylashgan Ko‘li Malik degan joyida Ubaydullaxonga muqobil bo‘ldi. Shundan so‘ng har ikki tarafning pahlavonlari bir-birlarining qarshisida saf tortdilar va Ubaydullaxon g‘olib kelib, Bobur podshoh yengildi”.1870 yil (bundan 151 yil oldin) – Turkistondagi ilk davriy matbuot, rus istilochilari tomonidan tashkil etilgan dastlabki gazeta – “Turkestanskiye vedomosti” chiqa boshladi. Gazetaning jami 6 ming 406 ta soni bosilgan. Tarixchi Sanobar Shodmonovaning qayd etishicha, ushbu gazeta Rossiyadagi guberniya vedomostlariga tenglashtirilgan bo‘lib, unga amaldorlar obuna bo‘lishi majburiy edi.
Turkiston general-gubernatorligi bu gazeta orqali o‘z g‘oyalarini tarqatishni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsada, amalda matbuot o‘lkani har tomonlama o‘rganib hamda rus aholini Turkiston hayoti bilan tanishtirish, ularga madaniy, iqtisodiy, ijtimoiy xabarlar berish borasida alohida ahamiyat kasb etgan. Biroq gazetada o‘lka hayotidagi ko‘plab salbiy holatlarni ko‘rsatmaslikka harakat qilingan.
1944 yil (bundan 77 yil oldin) – Buxoroning mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan so‘nggi amiri Sayyid Olimxon uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng Afg‘onistondagi o‘zi uchun ajratilgan Kal’ai Fotuda vafot etdi. Uning maqbarasi Kobul shahri atrofidagi Shaxidoni islom qabristonida bo‘lib, qabrtoshiga ushbu so‘zlar bitilgan: “bu qabr sohibi alam-sitamga to‘la amir bo‘lmish va saltanat surmish zoti oliyning bir kaft tuprog‘idan xotira”.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Samarqand shahridagi barcha bogʻcha va maktablar karantinga yopiladi
Tovlamachi
O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 600 ming kishidan oshdi
Bulungʻurda konservadan zaharlangan shaxs vafot etdi, yana bir bemor esa ogʻir ahvolda
Tuynuk ochib kirgan oʻgʻri qoʻlga tushdi
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” Milliy aviakompaniyasi Samarqanddan Istanbulga doimiy reyslarni tiklaydi
Izohlar (0)