Tuynuk ochib kirgan oʻgʻri qoʻlga tushdi
22 mart kuni 01:24 da Toshkent viloyati Qoʻriqlash boshqarmasining 4-boʻlinmasi Monitoring markaziga Olmaliq shahar Amir Temur koʻchasida joylashgan banklarning biridan “tashvish” xabari kelib tushadi.
Olingan xabarga koʻra voqea joyiga yetib borgan Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan bank binosining ichkarisida yurgan va qochishga harakat qilgan noʼmalum shaxs qoʻlga olingan.
Qoʻriqlash xizmati xodimlari tomonidan bank filiali oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirilganda, binoning 1-qavatida joylashgan ombor eshiklarini buzib kirish orqali, ombor shiftidan 2-qavatda joylashgan bank filialiga tuynuk ochib kirilganligini aniqlashadi.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv ishlari mobaynida ushbu shaxs Navoyi viloyati Nurota tumanida 1996-yilda tugʻilgan, hozirda Olmaliq shahrida vaqtincha yashab kelayotgan fuqaro Q.S. ekanligi maʼlum boʻladi.
Hozirda holat yuzasidan Olmaliq shahar IIB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Sirdaryoda kuchli shamol oqibatida binolarning tomi qulab tushdi
Namanganda masjidni tunamoqchi boʻlgan uddaburon oʻgʻri qoʻlga tushdi
Qidiruvda bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi
“Afrosiyob” tezyurar poyezdiga tosh otgan bezori aniqlandi
Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Izohlar (0)