“Gallyutsinatsiya” oqibatida oʻg'rilik sodir qilindi
Xabar berilishicha, nomaʼlum kishi Andijon shahri Boburshoh koʻchasida joylashgan aviakassa binosiga deraza orqali kirib, koʻp miqdordagi pullarni oʻgʻirlagan.
2021 yilning 02 may kuni soat 02:30 larda nomaʼlum shaxs Andijon shahri Boburshoh koʻchasida joylashgan aviakassa binosiga deraza orqali kirib, binodagi temir seyf ichidan jamiyatga tegishli 92 221 000 soʻm pullarni oʻg'irlab hodisa joyidan yashiringan.
Maʼlum qilinishicha, tezkor qidiruv harakatlari davomida, ushbu jinoyatni avtomashina ustasi 25 yoshli X.Odilbek sodir etganligi aniqlanib, undan 36 600 000 soʻm pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri boʻyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan X.Odilbekka nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (Oʻg'rilik) bilan jinoyat ishi qoʻzg'atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Tergov harakatlari davomida, X.Odilbek oʻz koʻrsatuvida gallyutsinatsiyaga olib keluvchi tabletkalar taʼsiri ostida ushbu jinoyatni sodir qilganligini maʼlum qilgan.
Hozirda X.Odilbekning qon namunalari olinib, tegishli ekspertizalar tayinlangan.
Jinoyat ishi doirasida barcha holatlarga huquqiy baho berilishi taʼminlanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)