Uchta maktabni tanlash imkoniga ega boʻladi
Joriy yilda birinchi sinfga boradiganlarning ota-onasi farzandi uchun uchta maktabni tanlash imkoniga ega boʻladi. Hujjatlar qabuli 15-iyundan boshlanadi.
“Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning markazidagi umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul jarayonlari tajriba-sinov tariqasida elektron shaklda amalga oshiriladi. Jarayon 2 bosqichda boʻladi. Birinchi bosqichda ota-onalar 2021-yilning 15-iyunidan 5-iyuliga qadar my.maktab.uz elektron plaftormasi orqali roʻyxatdan oʻtib, farzandlari 1-sinfga chiqadigan maktablarni tanlaydilar. Bunda ota-onalarga 3 ta maktabni tanlash imkoniyati beriladi” – deya maʼlum qildi Toshkentda boʻlib oʻtgan brifingda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova.
Uning aytishicha, birinchi maktab - ota-ona doimiy istiqomat qilayotgan hududdagi maktab, yaʼni yashash manzili biriktirilgan mikrohududdagi maktab boʻlib, ikkinchi va uchinchi maktablar - ota-onalarning ixtiyoriy tanlovi asosida farzandlarini qatnashi uchun qulay boʻlgan maktablar hisoblanadi.
Ikkinchi bosqichda 2021-yilning 6-iyulidan 31-iyulga qadar ota-onalar elektron plaftorma orqali tanlagan birinchi maktabga, yaʼni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga hujjatlarini topshiradilar, bunda hujjatlarni topshirish toʻliq elektron shaklda amalga oshiriladi. Ota-onalarning doimiy yashash manzili boʻyicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga joylashishlari kafolatlanadi.
Agar ota-onalar mikrohudduddagi maktabni emas, boshqa maktablarni tanlagan boʻlsa, yaʼni elektron roʻyxatdan oʻtish vaqtida tanlagan ikkinchi yoki uchinchi maktablarning birida boʻsh oʻrinlar boʻlgan taqdirda 1-15-avgust kunlari hujjatlarini topshirishlari mumkin boʻladi.
Qolgan hududlarda umumtaʼlim maktablarida 1-sinfga qabul anʼanaviy shaklda, yaʼni bevosita maktabda amalga oshiriladi. Qabul anʼanaviy shaklda amalga oshiriladigan hududlarda ota-onalar bevosita 2021-yilning 15-iyundan -15-iyulga qadar doimiy yashash manzili boʻyicha biriktirilgan mikrohududdagi maktabga farzandlarini 1-sinfga joylashtrish uchun hujjatlarini topshirishlari mumkin.
Shuningdek, 16-iyuldan - 15-avgustga qadar ota-onalarga ixtiyoriy tanlov asosida boshqa maktablarga, yaʼni mikrohududiga kirmasa ham boʻsh oʻrinlar boʻlsa, farzandlarini 1-sinfga qabul qilish uchun boshqa maktabga hujjatlarini topshirish imkoniyati beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Test sinovlari uchun hujjatlar qabuli boshlanmoqda
Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi
Maktab direktori va uning oʻrinbosarlari ishdan olindi
Oʻzbekistonda 2024-yilgacha maktab oʻqituvchilarining oyligi ming dollarga yetadi
“Onlayn-maktab” loyihasi ham davom etadi
Izohlar (0)