Tanishini jarohatlagan shaxsga jinoyat ishi qo’zg’atildi
Andijon shahrida tanishini oʻtkir tigʻli jism bilan jarohatlagan shaxs qamoqqa olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 2021-yilning 24-may kuni soat 19:30 larda fuqaro I.I. Andijon shahar “Bunyodkor” MFY joylashgan xonadonlarning birida oʻziga oldindan tanish boʻlgan O.A. bilan oʻzaro janjallashib, uning bel va tomoq qismiga oʻtkir tigʻli jism bilan zarba bergan.
Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga koʻra, O.A.ga chap bel sohasiga 1,5 santimetr kirgan, boʻyin dahan osti sohasida oʻtkir jism bilan kesilgan, sanchilgan jarohati; badanida qontalash va shilinmalar kabi sogʻlikni uzoq muddatga buzilishiga olib kelgan oʻrtacha ogʻir tan jarohati yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan I.I.ga nisbatan Andijon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi «m» bandi (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jinoyat ishi boʻyicha gumonlanuvchiga ayblov eʼlon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Koʻcha bezorilari ayollarni bir necha bor kaltakladi
Fribgar qizning sochini qirqib, telefonini olib qochdi
Buxorodagi portlash boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
“Gallyutsinatsiya” oqibatida oʻg'rilik sodir qilindi
Blogerga ayblov eʼlon qilindi
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Izohlar (0)