Ichki ishlar organi xodimini xizmatdan bo‘shatish asoslari
O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 16 sentyabr, O‘RQ-407-son 32 moddasi “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra, ichki ishlar organi xodimini xizmatdan bo‘shatishga quyidagilar asos bo‘ladi:
- o‘zining xohishi (pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘tamaganlarga) — xodimning bildirgisi asosida;
- ichki ishlar organlarida xizmatda bo‘lishning ushbu Qonunda belgilangan chegaradagi yoshiga to‘lganligi;
- pensiya olish huquqini beradigan xizmat muddatini o‘taganligi — xodimning bildirgisi asosida;
- tashkiliy-shtat o‘zgarishlari;
- kasalligi — harbiy-tibbiy komissiyaning xizmatga yaroqsizligi to‘g‘risidagi xulosasi asosida;
- sog‘lig‘ining cheklanganligi holati — harbiy-tibbiy komissiyaning ichki ishlar organlaridagi xizmatga yaroqliligi cheklanganligi to‘g‘risidagi va xizmat bo‘yicha boshqa lavozimga o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, egallab turgan lavozimiga muvofiq xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi haqidagi xulosasi asosida;
- dastlabki sinov muddati davomida xizmatga yaroqsizligi;
malakasi etarli emasligi oqibatida egallab turgan lavozimiga noloyiqligi — attestatsiya natijalari asosida;
- xizmat intizomini qo‘pol ravishda buzganligi;
- ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur etkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi;
- sodir etgan jinoyati uchun sudning hukmi, ajrimi, qarori qonuniy kuchga kirganligi;
- xodimda intizomiy jazo chorasi mavjud bo‘lgan taqdirda, muntazam ravishda xizmat intizomini buzganligi;
- boshqa turdagi davlat xizmatiga o‘tganligi (kadrlarning amaldagi zaxirasiga kiritilmagan holda);
- O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi tugatilganligi yoki chet davlat fuqaroligini olganligi.
Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda va boshqa qonun hujjatlarida ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan cheklovlar va taqiqlarga rioya etmaganligi uchun xizmatdan bo‘shatilishi mumkin. Bu haqda IIV.UZ I ИИВ расмий канали xabar beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv eʼlon qilindi
Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi
Internetda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani maʼlum qilindi
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
Ichki ishlar vazirligi TikTokchilarning ota-onalarini ogohlantirdi
Izohlar (0)