Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan xotin-qizlar uchun davlat mukofoti joriy etiladi

Toshkentda Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining birinchi yigʻilishida Oʻzbekistonda nogironligi bor ayollar uchun davlat mukofoti berish tartibi joriy qilinishi maʼlum qilindi. Bu haqda yigʻilishda ishtirok etgan “Bugun.uz” xabar berdi.
Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashining birinchi yigʻilishini Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva olib borgan. Unda senatorlar, kengash aʼzolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.
Taʼkidlanishicha, majlisda Senat raisi Oʻzbekistonda imkoniyati cheklangan xotin-qizlar uchun davlat mukofoti berish tartibi joriy qilinishini maʼlum qilgan. Tanzila Norboyeva bu mukofot imkoniyati cheklangan ayol va qizlarga beriladigan ruhiy madad ekanini, jamiyatda ayollar faolligini oshirishga qaratilgan islohotlar amaliyoti mahsuli boʻlishi kerakligini taʼkidlagan.
Shuningdek, u oʻtkazilgan yigʻilishda senatorlarga mukofot nomi qanday boʻlishi kerakligi haqida taklif kiritishlarini aytib oʻtgan. Xususan, bir nechta variantlar orasidan eng maqbuli davlat rahbariga taqdim qilinishini taʼkidlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Xunuk holat

Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi

Mergan ayol

Ayollarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi tashabbuslar

NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI

Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
Izohlar (0)