14 nafar mahkuma ozodlikka chiqarildi
Oliy sudda jazoni ijro etish muassasalarida ogʻir, oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etib, turli muddatlarga ozodlikdan mahrum etilgan 16 nafar mahkuma ayolning kassatsiya tartibida bergan shikoyatlari koʻrib chiqildi.
Oliy sud raisining oʻrinbosari Ikrom Muslimov raisligida boʻlib oʻtgan ochiq sud majlislarida har bir ayolning kassatsiya tartibida bergan arizasi qonun doirasida batafsil oʻrganildi.
Mahkuma ayollar jazoning asosiy qismini oʻtagani, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligi, jazoni oʻtash jarayonida oʻzining ijobiy jihatlarini namoyon etib, muassasa rahbariyatining tashakkurnomasini olgani eʼtiborga olindi.
Sudda ishi koʻrilgan Sh.Suvonova aslida 2025-yil 9-sentyabrda ozodlikka chiqishi kerak edi. U Tojikistondan giyohvandlik moddasini kontrabanda yoʻli orqali olib kelishga buyurtma berib, keltirilgan 9,6 kilogrammdan ziyod “opiy”ni xonadoni yertoʻlasiga yashirib qoʻygan.
Jazoni ijro etish muassasasida bunday jinoyat sodir qilgan shaxslarga qilmishlarining oqibati tushuntirilib, zarur tarbiyaviy ishlar olib boriladi. Xatosidan toʻgʻri xulosa chiqargan shaxslargina muddatidan oldin ozodlikka chiqarilishi uchun tavsiyalar berilgan.
Sud ajrimi bilan sodir etgan jinoyati uchun tayinlangan jazoning asosiy qismini oʻtagani, qilmishiga iqror va pushaymon boʻlgani, yoshi hamda kafolat xatlari inobatga olinib, 14 nafar ayolning tayinlangan jazolari yengillashtirilib, jazodan ozod qilindi. Ular oilasi, yaqinlari bagʻriga qaytdi. Shuningdek, 2 nafar mahkuma ayolga tayinlangan jazolar yengillashtirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
Navoiyda IIB xodimining avtomashinasini olib qochmoqchi boʻlgan muqaddam sudlangan shaxs qoʻlga olindi
Yangi yildan “bir sud – bir instansiya” tamoyiliga amal qilinadi
Buxorodagi portlash boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxslar 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Sudyalar oliy kengashi Navoiyda gazeta bosh muharririga bosim qilgan sud raisining harakatlarini oʻrganmoqda
Izohlar (0)