Xorazmda ikki ishchi quduqda gazdan zaharlanib, vafot etdi

“Xorazm suv taʼminoti” MCHJ Urganch tuman boʻlimiga qarashli oqova suv haydash stansiyasining ikki ishchisi quduqda gazdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda MCHJ axborot xizmati xabar qildi.
Voqea 26-iyun kuni taxminan soat 19:56 larda Urganch tumani «Oltin koʻl» MFY hududida joylashgan 1-sonli oqova suv haydash stansiyasida (KNS) sodir boʻlgan. 2 nafar ishchi oqova suvlarni haydash stansiyasidagi nasosni tozalash maqsadida quduqqa tushgan.
Xabarda qayd etilishicha, ishchilar texnik xavfsizlik va shaxsiy himoya qoidalariga rioya qilishmagan. Natijada, taxminan toksik gazdan (serovodorod) zaharlangan va voqea joyida vafot etgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Tilla qazuvchilar zaharlanib halok boʻlishdi

Koronavirus: ikki nafar bemor vafot etdi

Koʻpqavatli uyda portlash sodir boʻldi

Oʻzbekistonda bir sutkada qariyb 400 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilib, 2 nafar bemor vafot etdi

Navoiy shahrida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar fosh etildi

Yuridik universitet talabasi qurilish obyeʼktida vafot etdi
Izohlar (0)