Biz yigʻlashib koʻrishdik...
Bu aktirisani darrov tanidingiz. Nafosat Pozilova Respublika Yosh tomoshabinlar teatrida 2001-yildan buyon ishlab keladi. Ushbu ijodiy dargohda ishlayotganiga bu yil 20 yil toʻladi. Akttisa pandemiya vaqtidagi taassurotlarini muxlislar bilan oʻrtoqlashdi.
Pandemiya meni sarosimaga tushirdi
Pandemiya davrida toʻgʻrisi bitta men emas koʻpchilik qiynaldi. Pandemiya odamni esankiratib qoʻydi. Biz ijodkorlar esankirab, ijoddan toʻxtab qoldik.
Oʻtgan yili 15-martda teatrimiz yopildi. Oʻsha kuni xomush, xafa boʻlib uyga qaytdim. Oʻsha kunlari “Zolushka”, “Shum bola”, “Sohibjamol va Maxluq” spektakllarini qoʻyishimiz kerak edi, biletlar sotilib boʻlingandi. Endi nima boʻladi? Qachon ishga tushamiz? Hech kim, hech narsa bilmaydi.
Spektakllarimiz qoʻyilmaydigan boʻldi. Chunki, har doim biz sahna tomoshalari koʻrsatib bolalar bilan muloqotda boʻlib turganmiz. Shuning uchun ijodimiz birdaniga toʻxtab qolganday boʻldi. Uyda uch kun hech qayerga chiqmadim, ozgina yigʻlab ham oldim.
Mening oilam
Qizim Mohigul yigʻlaganimni koʻrib ovutishga tushdi, keyin oʻzimni qoʻlga oldim. Turmush oʻrtogʻim Baxtiyor Pozilov ham kasbi boʻyicha teatr rejissyori. Ammo ancha yildan buyon oʻz mutaxassisligi boʻyicha ishlamaydi. Sakkiz yildan buyon Rossiyada mehnat qiladi. Ikkita qizimiz bor. Kattasi Turkiyada yashaydi, turmushga chiqqan. Kichkinasi Mohigul men bilan birga. Mohigul Oʻzbekiston davlat drama teatrida ishlaydi, biroq u aktrisa emas, liboschi. Karantin qizim uchun ham ogʻir keldi.
_______________________________________________________
Internet va men
Pandemiya davrida internet meni doʻstimga aylandi, tinglovchi yagona tomoshabinim desam ham boʻladi. Internet TVdan koʻra aktyorlarga mashhur boʻlishda yordam beradi. Oʻz malakangizni oshirasiz, tomoshabinlarga monolog, sheʼr yoki nimadir qoʻlingizdan kelgan narsani internetga joylab bemalol saytlarga qoʻyib shular orqali mashhur boʻlsangiz boʻladi.
Lekin men mashhur boʻlishga umuman qiziqmayman… toʻgʻrisi qoʻlimdan kelguncha internetga videolar tashlayman. Oʻzimizning teatr kanalimizga monolog, sheʼrlar joylashtiraman. Yagona ovunchogʻim esa kitoblar boʻldi. Uyda javondagi yangi kitoblarni mutolaa qildim, baʼzilarini qayta oʻqib chiqdim.
Oylik maoshimizni vaqtida olib turdik. Buning uchun teatrimiz rahbariyatiga rahmat aytaman.
_______________________________________________________________
4 oy oʻtib teatrga qaytdik
Nihoyat iyul oyining boshlarida teatrga qaytdik. Spektakl repetitsiyasiga chaqirgan kuni oʻzimni baxtiyor his qildim. Ishga yurib emas, balkim uchib bordim. Teatrga kirdimu oʻzimga yoqimli va tanish muhitga tushdim, atrofimda ustozlarimiz va hamkasblarmiz portretlari va burchakda jilmayib turgan oʻzimni rasmimga koʻzim tushdi, jilmaydim, mana yana keldim Nafosat dedim unga qarab…
Hamkasblarimiz bilan quchoq ochib koʻrishdik, hammamiz yigʻladik.
Pandemiya sharoitida bizning ijodiy jamoamiz “Uchar kema” va rus tilida “Bremenskiye muzikanti” spektakllarini tayyorladi va ularni onlayn platformaga joyladik. Keyinchalik pandemiyadan qaytganimizdan keyin bu spektaklni premyera qilib, Debyut-2021 teatrlar festivalida qatnashdik.

oʻrtoqlashdi.
“Yalmogʻiz kampir” obrazi pandemiya sharoitida sahnada yaratgan ilk rolim boʻldi. 20 yillik faoliyatim davomida doim ijobiy qahramon obrazida oʻynardim. Salbiy qahramon rolida oʻzimni birinchi marta sinab koʻrdim, juda ham yoqdi!
Bolalarni juda ham yaxshi koʻraman, ular bilan ishlash juda ham maroqli. Teatr jamoasi ilk kelgan kunimdayoq meni quchoq ochib kutib olishgan. Yillar davomida biz bir oila kabi ishlab kelish bilan birga, qancha-qancha obrazlarni jonlantirishda bir-birimizga tirgak ham boʻlamiz.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Bayden eng kam ish haqini ikki baravarga oshirmoqchi
MILLIARDERLARNING BOYLIGI BIR YIL ICHIDA DEYARLI 2 TRILLION DOLLARGA KO‘PAYDI
Samarqand va Navoiyda koronavirusga qarshi maxsus ochilgan markazlar nima sababdan yopildi?
BMT bosh kotibi Guterresh barchani “birgalikda ishlash”ga chaqirdi
O‘zbekiston-Xitoy vaksinasining klinik sinovlari amalga oshirilmoqda
Diniy taʼlim muassasalarida qaysi fanlardan imtihon olinishi maʼlum boʻldi
Izohlar (0)