O‘zbekiston-Xitoy vaksinasining klinik sinovlari amalga oshirilmoqda
Har kim o‘zi xohlagan vaksina bilan emlanadimi?
Koronavirusga qarshi kurashishning eng samarali usuli vaksinatsiya hisoblanadi. Pandemiya boshlangan ilk kunlardanoq dunyoning boshqa rivojlangan davlatlari qatori O‘zbekistonda ham olimlar oldiga koronavirusga qarshi vaksina yaratish ustida tadqiqotlar olib borish vazifasi qo‘yildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi boshchiligida yurtimizda vaksina yaratilishida ishlab chiqaruvchilar bilan ochiqlanmagan shartnoma asosida ish olib borildi. Xitoy olimlari bilan hamkorlikdagi klinik sinovlar jarayonida samaradorligi 97 foiz boʻlgan vaksina yaratildi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi boshchiligidagi olimlar guruhining olib borgan saʼy-harakatlari natijasini inobatga olib, Xitoyning Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasini koronavirusga qarshi ZF-2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi hamda ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va foydalanishga kelishilganini maʼlum qildi.
2021-yil 1 mart kuni ZF-UZ-VAC2001 koronavirusning yangi tipiga qarshi rekombinant (CHO cell) vaksina tibbiyot amaliyotida qo‘llash uchun tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Bu mamlakatimiz olimlari erishgan katta yutuqlardan biridir. Ushbu vaksina xalqimizning Covid-19 koronavirusidan aziyat chekishining oldini olishga xizmat qiladi.
Nega aynan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi?
Negaki o‘zbekistonlik olimlar ZF-UZ-VAC2001 Xitoy-O‘zbekiston vaksinasi sinovlarida bevosita ishtirok etdi. Uning samarasi va salbiy taʼsiri kamligiga ishonch hosil qilishdi. Vaksina bilan emlangan fuqarolar ham uni o‘zida sinab ko‘rib xavfsiz va samarali ekanligini anglashdi.
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning taʼkidlashicha, 3 bosqichli vaksina sinovlari ko‘ngillilarni jalb etish mexanizmi asosida olib borilgan. Shu paytga qadar 4862 nafar ko‘ngilli koronavirusga qarshi vaksinatsiyaning 3-klinik sinov bosqichi doirasida 2-doza vaksina bilan emlangan.
2021 yil 3-mart holatiga O‘zbekistonda koronavirusga qarshi O‘zbekiston-Xitoy ZF-UZ-VAC2001 vaksina sinovida ishtirok etish uchun umumiy tashrif buyurganlar – 14347 nafarni tashkil etgan. Ulardan 6842 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi, 4862 nafar ko‘ngilli vaksinaning 2-dozasi va 687 nafar ko‘ngilli 3-doza bilan emlangan.
Respublikada III faza klinik sinovlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Ilg‘or texnologiyalar markazi, Sog‘likni saqlash vazirligining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoy Xalq Respublikasining Zhifei Loncom Biofarmaceutical tadqiqot markazi hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Bu jarayonlarda ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining nojo‘ya taʼsirlari bor yo‘g‘i 0,8 foizligi ko‘rindi, yaʼni dunyodagi boshqa vaksinalarga qaraganda salbiy taʼsiri eng kamligi maʼlum bo‘ldi. Misol uchun bu ko‘rsatkich “Sputnik” vaksinasida 3,8 foiz deb topilgan.
Kimlar vaksina oldi?
Bugungi kunda vaksina bilan ixtiyoriy emlangan yurtdoshlarimiz ijtimoiy tarmoqlarda o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda.
ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi xavfsizmi? Deputat Doniyor G‘aniyev buni o‘zida sinab ko‘rib, xulosalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bundan asosiy maqsad, ushbu vaksinani xavfsiz va samarali ekanligini targ‘ib qilishda ishtirok etish hamda so‘nggi kunlarda xalqimiz orasida paydo bo‘lgan “yangi vaksina xavfsizmi?” kabi savollarga o‘z munosabatimni bildirishdir.
Emlanish jarayonida qon bosimi, yurak urushi, turli allergik kasalliklarga moyillik kabi bir nechta tibbiy ko‘riklardan o‘tdim, vaksinani qabul qilgandan so‘ng bir muddat shifokorlar kuzatuvida bo‘ldim va barcha holatlar ijobiy bo‘lgach ketishga ruxsat berishdi. Umuman jarayon juda ham oddiy va xavfsiz o‘tkazildi.
Yaqin kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab COVID-19 koronavirusi pandemiyasiga qarshi ommaviy emlash jarayonlari boshlanishi kutilmoqda. Ushbu jarayonlarda barcha qo‘rqmasdan vaksinani qabul qilishi mumkin. Umid qilamanki, ommaviy emlash jarayonlarida millionlab hamyurtlarimiz vaksinani qabul qilishadi va ommaviy immunitetni yaratib, bu kasallikni birgalikda yengamiz», deya o‘z xulosalarini bayon qiladi deputat.
Qozog‘iston elchisi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi
III faza sinovlarida mazkur vaksinaning xavfsizligi yuqori baholanganini qayd etildi. Bugungi kunga kelib, 6836 nafar ko‘ngilli vaksinaning 1-dozasi, 4453 nafar ko‘ngilli 2-dozasi va 283 nafar ko‘ngilli 3-dozasi bilan emlandi. Ushbu sinovda qatnashgan fuqarolarning 6 nafaridagina ozroq nojo‘ya taʼsir – allergik reaksiya kuzatilgan.
Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori o‘rinbosari Dilbar Dolimova taʼkidlashicha, emlash jarayonida inson organizmiga ZF-UZ-VAC2001 rekombinant vaksina tarkibida faqatgina virusning tashqi oqsili, koronavirus tojining bir bo‘lagi kiritiladi. Bu usul nojo‘ya taʼsirlarni oldini olishga xizmat qiladi. ZF-UZ-VAC2001 ni oddiy muzlatkichda 2-8 daraja haroratda saqlash mumkinligi ham mazkur vaksinaning ijobiy tomonidir.
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Darxan Satibaldi O‘zbekiston va Xitoy davlatlari hamkorligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 yangi rekombinant vaksina bilan emlandi. Elchi janoblari O‘zbekiston-Xitoy vaksinasini Qozog‘istonga ham yetkazish masalasini muhokama qilish bo‘yicha taklif tayyorlashini bildirgan.
Maʼlum qilinishicha, ommaviy vaksinatsiya jarayonlarida har kim o‘z tanlovi asosida vaksina bilan emlanadi. Yaqin kunlarda Xitoy-O‘zbekiston vaksinasidan respublikaga 1 mln dozada yetkazib kelinishi kutilmoqda. Shuningdek Rossiya va AQSH vaksinalaridan ham belgilangan dozada olib kelingan. Kim Rossiyaning “Sputnik” vaksinasi bilan, kimki AQSHning Pfizer va BioNTech kompaniyalari preparatlari bilan emlanish istagini bildirsa ular shu vaksina bilan emlanadi. Umuman vaksina olmayman degan odamga ham hech qanday tazyiq va eʼtiroz bildirilmaydi.
Ommaviy vaksinatsiya boshlanganda uzoq umr ko‘ruvchilar, 75-65 yoshli keksalar, surunkali kasalligi bo‘lgan aholi qatlamlari birinchi bo‘lib emlanadi. Shuningdek tibbiyot xodimlari o‘qituvchilar, jurnalistlar ham birinchilar qatorida emlanishi aytilmoqda, deb yozadi ZAMON.Uz

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda vaksina sinovida qatnashish uchun murojaat qilganlar soni maʼlum boʻldi
Koronavirusga qarshi vaksina yaratgan shifokor nima sababdan sudga berildi
Mart oyida koronavirusga qarshi emlanadiganlar soni ma’lum qilindi
Fevral oyidan Singapurda koronavirusga qarshi bepul vaksinatsiya boshlanadi
Dunyoda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 100 milliondan oshdi
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
Izohlar (0)