Retsidiv jinoyatchi qoʻlga olindi
Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilgan shaxs, dastlabki tergov organlaridan yashirinib yuradi. Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 4-son Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov guruhi tomonidan 2021-yil 10-iyun kunidan beri qidiruv eʼlon qilinadi. Jinoyatchi shaxs Jondor tumani “Poʻloti” mahallasida roʻyxatda turuvchi, muqaddam 8 marotaba (Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik), 277 (bezorilik), 267 (transport vositasini olib qochish) moddalari bilan) sudlangan O.F., Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar IIO FMB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor qidiruv tadbiri davomida Navoiy viloyati Navoiy shahrida yashirinib yurgan manzili aniqlanadi.U viloyat IIB PPX va JTSB Vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)