Giyohfurushlar qoʻlga olindi
Termiz shahrida 2021-yilning 15-mart kuni taxminan soat 13.30 lar chamasida, “Antiterror” tadbiri davomida viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida shaharning “Joʻyijangal” mahallasida yashovchi, R.U.ga tegishli novvoyxona koʻzdan kechirilganida, unga tegishli boʻlgan kostyumi choʻntagidan 0.49 gramm “Gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, hujjatlashtirib olingan.
Tadbir davomida, R.U. ushbu giyohvandlik vositasini tanishi, shaharning “Juyijangal” mahallasida yashovchi, R.M.dan olganligi aniqlanadi. Mazkur tadbir davom ettirilib, 15-mart kuni taxminan soat 15.30 lar chamasida, R.M.ning yashash uyi koʻzdan kechirilganida, uyidagi shisha ichida ikki dona polietilen paketga qadoqlangan 0.22 gramm “Opiy” va 0.25 gramm “Gashish” giyohvandlik moddalari borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Surishtiruv davomida Ilgaridan R.U va R.M.lar giyohvand moddalarni isteʼmol qilish va oʻtkazish ishlari bilan shugʻullanib kelganligi maʼlum boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan, 18-mart kuni R.U.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan, R.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi, 25-273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan, deb xabar beradi Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Surxondaryoda giyohvand modda sotayotgan shaxs qoʻlga olindi
Pulga o‘ralgan og‘u
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Shkaf ichida yetishtirilgan giyohvand oʻsimligi
Namanganda masjidni tunamoqchi boʻlgan uddaburon oʻgʻri qoʻlga tushdi
Haydovchi IIB YHXB xodimiga pora taklif qildi
Izohlar (0)