Undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan holatlar

quyidagi roʻyxatdan tashkil topgan:
Qarzdor — jismoniy shaxsga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan yoki uning umumiy mulkdagi ulushi boʻlgan mol-mulk va buyumlarning quyidagi turlariga:
1. Asosiy mashgʻuloti qishloq xoʻjaligi hisoblangan shaxslarning:
a) yagona sigiriga, sigiri boʻlmaganda — yagona gʻunajiniga, xoʻjaliklarida sigir ham, gʻunajin ham boʻlmaganda, yagona echkisiga, qoʻyi yoki choʻchqasiga, shuningdek uy parrandasiga (uy tovugʻi, oʻrdak, gʻoz, kurka va sesarkaga);
b) qoramol uchun yangi yem-xashak yigʻib olingunga qadar yoki yaylovga chiqargunga qadar (agar qoramolga undiruv qaratilmagan boʻlsa) yem-xashakka;
v) navbatdagi ekish uchun zarur boʻlgan urugʻlarga;
2. Qarzdor va uning qaramogʻidagi shaxslar normal turmush kechirishi uchun zarur boʻlgan quyidagi uy anjomlari, jihozlar, kiyimlarga:
a) har bir shaxsga kiyimlar: kuzgi yoki bahorlik palto yoki plash, bitta qishlik palto (yoki chopon, poʻstin), bitta qishlik kostyum (ayollar uchun — ikkita qishlik koʻylak), erkaklar uchun bitta yozlik kostyum yoki chopon (ayollar uchun — ikkita yozlik koʻylak), har bir mavsum uchun bittadan bosh kiyimi (bundan tashqari ayollar uchun — ikkita yozlik roʻmol va bitta issiq roʻmol yoki sholroʻmol), uzoq muddat foydalanilgan va qiymatga ega boʻlmagan boshqa kiyim-kechaklar va bosh kiyimlariga;
b) foydalanilgan oyoq kiyimlari, ichki kiyimlar, choyshablar, oshxona va yemakxona jihozlariga (qimmatbaho metallardan tayyorlangan, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlardan yasalgan qadama naqshli buyumlar, shuningdek badiiy sanʼat qiymatiga ega boʻlgan buyumlardan tashqari);
v) har bir shaxs uchun mebel — bittadan karavot va stul yoki kursi, oila uchun bitta stol, bitta shkaf va bitta sandiqqa;
g) bolalarning barcha jihozlariga;
3. Nogiron shaxslarda foydalanishda boʻlgan nogironlarni reabilitatsiya qilish texnik vositalari va protez-ortopediya buyumlariga;
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Farg’onada qarzdor otadan 3500 dollar aliment undirildi

Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirildi

Samarqandda uyi va doʻkoni buzilgan fuqaroga 1,5 milliard soʻmdan koʻproq kompensatsiya undirib berildi

“E-maʻmuriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi

QARZDOR KARANTIN EʼLON QILINGANLIGINI RO‘KACH QILIB, SUD QARORINI BAJARISHDAN BOSH TORTIB KELGAN

QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
Izohlar (0)