Korrupsiyaviy holatlar fosh etildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Samarqand shahar madaniyat boʻlimi, Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri hamda Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrida davlat xaridlari, davlat mulkini boshqarish va undan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilgan.
Oʻrganishlar natijasida Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatrida koʻp yillik mehnat uchun ustama toʻlovlari toʻlanishi mumkin boʻlmasada, 2019-2020-yillarda jami 59 430,4 ming soʻmlik qoʻshimcha toʻlovlar notoʻgʻri toʻlab berilganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan 2021-yil 8-iyul kuni prokuratura idoralari tomonidan viloyat qoʻgʻirchoq teatri mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, Kattaqoʻrgʻon shahar Drama teatrida oʻtkazilgan oʻrganishlarda qayd etilgan qonun hujjatlariga rioya qilinmaganligi natijasida, 2019-2020-yillarda 216 566,5 ming soʻmlik ish haqi va ustama toʻlovlar notoʻgʻri toʻlanganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqoʻrgʻon shahar Drama teatri mansabdor shaxslariga nisbatan 2021-yil 13-iyul kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
MCHJ rahbarlariga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Joriy yilning 10-yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yangi qurilgan ko‘p qavatli bino qulab tushganligi haqida xabarlar tarqalgan edi
Suyultirilgan gaz talon-toroj qilinganligi fosh etildi
Yoqilgʻini talon-toroj qilgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fuqarolarning qora mollarini o’zlashtirgan firibgarga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atildi
Andijonda 4 mlrd. so’mlik matolarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi
Izohlar (0)