Sergelida korxona omborida portlash sodir boʻldi

Maʼlum qilinishicha, holat 31-iyul kuni soat 19:30 atrofida Sergeli tumanida joylashgan Qushqoʻrgʻon mahallasida sodir boʻlgan. Ombordan tashqari, ushbu korxonaning ofis binolari qulab tushdi va yonma-yon joylashgan doʻkon ham qisman zarar koʻrgan. Oqibatda korxona xodimi halok boʻlgan va yana uch kishi turli darajada tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Xabarda aytilishicha, portlash xonaga gaz oqishi oqibatida kelib chiqqan. Voqea joyida ayni damda Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa tegishli idoralar vakillari ishlamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Koʻpqavatli uyda portlash sodir boʻldi

Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi

Zomin tumanidagi yong’in bartaraf etildi

“Shoʻrtanneft va gaz qazib chiqarish” zavodida yuz bergan yongʻin oqibatida bir kishi halok bo’ldi

Sirdaryoda kuchli shamol oqibatida binolarning tomi qulab tushdi

“Yangi-Angren” IESda yuz bergan portlash oqibatida uch kishi halok boʻldi
Izohlar (0)