“Abdullaxon” madrasasi devorining bir qismi oʻpirilib tushdi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Abdullaxon” madrasasining devori oʻpirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Madaniy meros agentligining Buxoro viloyati boshqarmasi Matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qildi:
Haqiqatdan ham, koʻp yillik texnogen jarayonlar (issiq va sovuq iqlim, yogʻingarchiliklar va yer osti suvlarining koʻtarilishi) taʼsirida joriy yilning 30-iyul kuni “Abdullaxon” madrasasi orqa tomon devorining bir boʻlagi oʻpirilib tushgan.
Bu holat boʻyicha Madaniy meros agentligining viloyat boshqarmasi, Buxoro shahar hokimligi, restavratorlar va soha mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tuzilib, joyida oʻrganish oʻtkazildi. Shunga koʻra, tezkor chora-tadbirlar belgilanib, Respublika Madaniy meros agentligidan vakillar jalb qilindi va “Abdullaxon” madrasasining orqa qismi devorining oʻpirilib tushgan boʻlagini belgilangan tartibda tegishli loyiha asosida qayta tiklash va zaruriy restavratsiya ishlarini tashkil etish ishlari boshlandi.
Buxoroda texnogen jarayonlar oqibatida nurashi, yemirilishi va qulab tushishi ehtimoli yuqori boʻlgan 40 ta madaniy meros obyektini umumbashariy qiymatini saqlash, ularda tiklash, restavratsiya va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish boʻyicha olimlar, restavratorlar va malakali mutaxasislar tomonidan oʻrganishlar oʻtkazilgan holda zarur chora-tadbirlar belgilanishi haqida Hukumatga aniq takliflar yuborildi.
Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv ishlari ham olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
"Qizilsoy"da cho’milgan ayol "samosud" qilindimi?
Sud binosining tomi nega qulab tushdi?
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
1-apreldan boshlab Toshkent shahrida ommaviy tadbirlarni vaqtincha toʻxtatish boʻyicha taklif berildi
Navoiyda nogironning boʻyniga arqon oʻrab azoblagan shaxs aniqlandi
Qibrayda vahshiyona qotillik yuz bergan
Izohlar (0)