Farg’onadagi sel oqibatlari bartaraf etilmoqda

Sel o‘tishi oqibatida So‘x tumani hududidan o‘tuvchi “So‘x-Rishton” avtoyo‘lining 80 metr qismiga loy aralash shag‘al, Malbut qishlog‘i xo‘jalik ekin maydonlariga hamda “Umbara” (15 ta xonadon) va “Devayron” MFY
(25 ta xonadon) hududlaridagi jami 40 ta xo‘jalik tomorqalari, qo‘shimcha bino va uylarning yerto‘lalariga suv kirgan.
Sel oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, tuman hokimiyatida FVB, IIB, Prokuratura organlari, SSB rahbariyati tarkibidan iborat Tezkor shtab tashkil etilib, FVDqTning tuman xizmatlari kuch va vositalari tomonidan sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.
Sel toshqinlari oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)