Sel yoʻllarini mustahkamlash
FVDqT xizmatlari ishtirokida sel oqimlari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tadbirlari Navoiy shahridagi “Hayot” va “Istiqlol” MFYlarda oʻtkazildi. Maxsus-taktik oʻquv mashqi davomida hududdan oʻtuvchi ichki ariq va kanallarni hamda sel yoʻllarini tozalash ishlarini tashkil qilindi.
Mashq ikki qismda - nazariy va amaliy qismda oʻtkazildi.
Nazariy qismda Navoiy shahar 10-sonli maktab binosining yaqinidagi ochiq maydonda Navoiy shahar Favqulodda vaziyatlar boʻlimi favqulodda vaziyatlarda davlat tizimi va fuqaro muhofazasi faoliyatini tashkillashtirish, xavfsizlik targʻiboti boʻlinmasi boshligʻi mayor K. Nasilayev, “Issiqlik manbai” DUK Navoiy shahar filiali va “Navoiyazot” AJ xodimlari, shahar hokimligi Obodonlashtirish boshqarmasidan 30 nafar ishchi xizmatchilari, shahar gaz taʼminoti xodimlari, mahalla faollari hamda 7 ta texnikalar va jami 56 nafar ishtirokchilar maydonda saf tortdi.
Amaliy qismda Navoiy shahridagi “Hayot” va “Istiqlol” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududidan oʻtuvchi ariq, soy va kanallarni tozalash ishlariga FVDqT xizmatlarining kuch-vositalarini belgilangan manzilga taqsimlandi. Barcha sel-toshqin yoʻllarini ochish ishlari amalga oshirildi. Mahalladagi ichki ariqlarning barcha ogʻir turdagi axlatlar texnikalar yordamida tozalandi.
Tadbir davomida har bir FVDqT xizmatlarining mutaxassislari tomonidan oʻzlarining xizmat vazifalari boʻyicha mahalla hududidagi gaz quvurlari texnik koʻrikdan oʻtkazdi. Mashq davomida Navoiy shahri sel suvlaridan himoya qilish uchun qurilgan dambani mustahkamlash ishlari olib borildi. Sel suvlari toshib ketishi mumkin boʻlgan joylarni qirgʻoqlari tuproq bilan koʻtarildi.
Mashq yakunida tadbirni tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha mahalliy boshqaruv organlari hamda FVDqT kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari takomillashtirildi hamda belgilangan vazifalar bajarilishiga erishildi.
K. NASILAYEV,
Navoiy shahar FVB FVDT va FMFT, XTB
boshligʻi, mayor.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi
Qidiruvda bo‘lgan fuqaro qo‘lga olindi
Navoiy viloyatida ichki ishlar organlari xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari tashkil etildi
TUNDAGI O‘G‘RILIK
Samarqand shahridagi barcha bogʻcha va maktablar karantinga yopiladi
Izohlar (0)