37 kishida muzqaymoqdan zaharlanish kuzatildi
Olmaliq shahrida muzqaymoqdan ommaviy zaharlanish holati boʻlgani haqida shov-shuv tarqaldi, deya xabar bermoqda Olmaliq shahar hokimligi.
Sanitariya va epidemiologiya boshqarmasi izoh berishicha, Olmaliq shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasida, haqiqatan ham Z6 nafar bemor shu tashxis bilan yotqizilgan.
"Bugungi kun holatiga ularning 31 nafariga ahvoli yaxshi boʻlgani sababli, uyiga ruxsat berilgan. Yana besh nafar bemor davolanishda, ahvoli oʻrtacha.
Bundan tashqari, Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga shu tashxis bilan yotqizilgan 1Z nafar bemor mavjud. Ayni paytda ularning holati oʻrtacha ogʻir, muolajalar davom ettirilmoqda.
Haqiqatan ham, xususiy tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan muzqaymoq bu vaziyatga sababchi boʻlgani aniqlangan. Bu tadbirkorlik subyekti Olmaliq shahrida joylashgan.
Ayni paytda vaziyat yuzasidan amaldagi qonunchilikka muvofiq tegishli xulosalar mutasaddilarga berilgan. Epidemiologik surishtiruvlar davom ettirilmoqda", deyiladi shahar hokimligi xabarida.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Koronavirus: ikki nafar bemor vafot etdi
Tuynuk ochib kirgan oʻgʻri qoʻlga tushdi
Bir sutkada 283 kishida pnevmoniya, 497 kishida koronavirus aniqlandi
Bulungʻurda konservadan zaharlangan shaxs vafot etdi, yana bir bemor esa ogʻir ahvolda
Oʻzbekistonda bir sutkada qariyb 400 nafar fuqaroda koronavirus qayd etilib, 2 nafar bemor vafot etdi
Tilla qazuvchilar zaharlanib halok boʻlishdi
Izohlar (0)