«Meni futboldan butun umr olib tashlasa, olib tashlayversin. Lekin kimdir oxirigacha qarshi kurashishi kerak». “Turon” — “So‘g‘diyona” o‘yini bo‘yicha fikrlar
Bugun O‘zbekiston Super ligasining 2-turida davlat byudjeti pullariga moliyalashtiriladigan Jizzaxning “So‘g‘diyona” hamda milliy chempionatimizdagi xususiy jamoa Yaypanning “Turon” jamoalari o‘rtasidagi bahsda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Uchrashuv boshhakami Viktor Serazetdinov 52-daqiqada “Turon” darvozasi tomon penalti belgiladi. Hakam ushbu vaziyatda farg‘onaliklar himoyachisi G‘iyos Komilov to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topdi. Qayd etish joiz, ushbu vaziyatda to‘p qo‘lga emas, futbolchining yelka aralash boshga teggan va hakam holatga juda yaqin turgan edi. Penaltidan esa jizzaxliklar hujumchisi Shohruz Norxonov unumli foydalandi. Natijada “So‘g‘diyona” mazkur gol evaziga “Turon”ni mag‘lub etdi.
O‘yindan so‘ng “Turon” bosh murabbiyi Islom Ismoilov OAVga flesh-intervyu berib, hakamlikni tanqid ostiga oldi.
«Avvalo “So‘g‘diyona” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, “Turon”ning aybi Superligaga chiqqanimi? Yoki hakamlarga pul bilan chiqmayotganimi? Ikkita o‘yindan beri buni umuman tushunib bo‘lmayapti. Buni butun O‘zbekiston ko‘rdi: to‘p futbolchining boshiga tegganiga hakam penalti belgilayapti. O‘shalar kiyinishxonasiga kirib ko‘rsin, futbolchilar yig‘lab o‘tiribdi. Bularga qachon chora ko‘riladi? Qachongacha bu narsalarga chidash mumkin? Tozalaymiz deyishyapti, shumi tozalgani? Kelib ko‘mib ketyapti. Ikki turdan beri futbol yo‘q. Faqat hushtak, hushtak, hushtak! Qachongacha? Kim bularga (hakamlarga) chora ko‘radi. Buyog‘da 70-80 kishi oilasini boqaman deb ezilib ketyapti. Uchta odam (hakamlar) chiqib turib, kesib tashlayapti. Shumi O‘zbekistonda adolat? Biz halol o‘ynayapmiz, hakamlarga pul bilan chiqmayapmiz. Bir so‘m pul bilan chiqmasangiz, “kallangizni kesib tashlashyapti”. Kim chora ko‘radi?
Meni futboldan butun umr olib tashlasa, olib tashlayversin. Lekin kimdir oxirigacha qarshi kurashishi kerak. Raqib futbolchilaring qo‘liga ikki bor to‘pt egdi. O‘yinning boshidan beri beshta sariq kartoch kaberildi. Undan ko‘ra o‘yindan oldin kelib chiqmaysanlar deyishsin, biz chiqmaymiz. Mayli men yosh murabbiyman, ko‘cha to‘la ish. Men yana bir ish topib olaman. Ammo jamoa nima qiladi? Jamoa g‘alaba qozonsa, mukofot puli olaman, bola chaqamni boqaman deb kutib yashamoqda. Hamma og‘zida gapiradi, amalda esa hech narsa yo‘q.
Hakam o‘ynash berdimi? Har bitta vaziyat, bitta hushtak, yana hushtak. Bunday holatda qanaqa futbol bo‘lishi mumkin? Hakam o‘ynashga imkon bermasa, qanaqa futbol haqida gapirish mumkin?», deydi “Turon” klubi bosh murabbiyi.
Ushbu holatni bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev ham o‘z telegram kanalida tanqid ostiga olgan:
Har yili davlat byudjetidan taxminan 20 mlrd so‘m oladigan “So‘g‘diyona” yagona golni mana shunaqa sharmandali penaltidan urdi. Bosh hakamning yoki ko‘zi, yoki vijdoni ko‘r.
Shuningdek, u davlat byudjetidan bunday jamoalarga pul sarflani shini ham oqlab bo‘lmasliginia ytgan.
«Har yili BIR NECHA YUZ MILLIARD SO‘M byudjet pullari shu rasvo futbolimizga ketyapti, bundan biror foyda bo‘lyaptimi? Undan ko‘ra bupullarni ta’limga, maktablarga sarflasa millat uchun ming marta foyda bo‘lardi.
Men to‘lagan soliqlardan 1 so‘mni ham futbolga berilishiga also rozimasman!!! Qo‘lidan kelsa jamoalar o‘zi pul ishlab topsin va ana shunda bilganini qilsin», deya izoh qoldirgan bloger.
Bloger Nozim Safarov esa quyidagicha izoh qoldirgan:
Futbolchining yuziga to‘p tekkanini uzoq kadrdan Toshkentdan turib ham ko‘rish qiyin emas. Ammo (tamagir) hakam ko‘raolmaydi. Ko‘rishni istamaydi ham…
«O‘yinni halol o‘ynamas ekanmiz futbol muxlislarining qalbini zabt etolmaymiz. Bugun shu murabbiyni yelkasidan tog‘ ag‘darildi. Endi xotirjam uxlasa kerak», deya izoh qoldirgan Muxbir Daliyev.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)