Gʻazal
Alisher Navoiy
Qaro koʻzum,kel-u, mardumligʻ emdi fan qilgʻil,
Koʻzum qarosida mardum kibi vatan qilgʻil.
Yuzung guliga koʻngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholigʻa jon gulshanin chaman qilgʻil.
Takovaringgʻa bagʻir qonidin hino bogʻla,
Itingga gʻamzada jon rishtasin rasin qilgʻil.
Firoq togʻida topilsa tufrogʻim, ey charx,
Xamir etib, yana ul togʻda koʻhkan qilgʻil.
Yuzung visoligʻa yetsun,desang,koʻngullarni,
Sochingni boshtin- ayogʻ chin ila shikan qilgʻil.
Xazon sipohigʻa, ey bogʻbon, emas mone’,
Bu bogʻ tomida gar ignadin tikan qilgʻil.
Yuzida terni koʻrub oʻlsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilgʻil.
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshogʻligʻ oʻqin sham’i anjuman qilgʻil.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)