SENI SOGʻINDIK, BAHOR!
Koʻzlarim, zoriqib sogʻindi seni ,
Ancha ulgʻayganman, kelsang koʻrasan.
Qumsab esladingmi, aytaqol meni,
Kelgach, gullar qadab, sochim oʻrasan.
***
Magʻrur turgan togʻlar koʻzi yoʻlingda ,
Serjilo bogʻlarhxam sogʻingan mushtoq.
Tanasin sugʻorib seni qoʻlingda,
samoga boʻylamoqchi lolaqizgʻaldoq.
***
Bedazorni sogʻingan shaboda, yellar,
Majnuntol soyasini kutmoqda onam.
Boshqacha mavjlanmoqni tusaydi koʻllar,
Yashil tusga kirmoqchi munavvar olam.
***
Samo tirqishidan boʻylagin tezroq,
Sabo boʻlib yelgin, yoʻqsa boʻlgin soy
Yetar, yashaganing bir yilcha yiroq,
Chindan sogʻinganmiz, seni bahoroy!
Bonu IBRAGIMOVA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)